O‘zbekistonda xalifalik qurishni rejalashtirgan ekstremistlar sud qilindi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishPanjara
Panjara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekstremistlar diniy ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi materiallarni Internet tarmoqlariga joylashtirgan va radikal islom qonunlari asosida yashashga da’vat qilgan

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda uch nafar ekstremist ustidan sud hukmi o‘qildi. Ular respublika hududida shariat qonunlari asosida yashovchi teokratik asosda tuzilgan davlatni qurishni rejalashtirgan.

Uchitel musulmanskoy religioznoy shkoli, uchit svoix uchenikov - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada o‘smirlarga diniy ta’lim berayotgan noqonuniy "xujra" aniqlandi
Samarqand viloyatida yashovchi Hasan va Husan Absalamovlar, shuningdek ularning tanishi bo‘lmish Temurbek Axmatov Moskva shahrida ishlagan vaqtlarida radikal guruhlar agentlari ta’siriga tushib qolishgan. Shu tariqa ularda jihod qilishga chorlovchi va islom xalifaligini tuzishga da’vat qiluvchi ekstremistik materiallarga nisbatan qiziqish uyg‘ongan.

O‘zbekistonliklar internet tarmog‘ida "O‘zbekiston Islomiy Harakati" terrorchilik tashkiloti asoschisi Tohir Yo‘ldoshev va boshqa ta’qiqlangan diniy-ekstremistik tashkilotlar rahbarlariga tegishli tashviqot materiallarini o‘rganib, yuklab olganlar. Ular shuningdek, "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog‘ida bir nechta soxta akkauntlarni ro‘yxatdan o‘tkazgan va ular orqali diniy ekstremizm g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi hamda radikal Islom qonunlari asosida yashashga chaqiruvchi materiallarni joylaganlar.

O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: ekstremistlarni O‘zbekiston fuqaroligidan chiqarishga tayyorman
O‘z g‘oyalarini kelajakda ham targ‘ib qilish maqsadida Hasan Absalamov O‘zbekiston hududiga 500dan ortiq ekstremistik materiallar mavjud fleshkani olib kelgan. Fleshkada jihod qilishga hamda O‘zbekistondagi mavjud tartibni yo‘q qilishga chorlovchi materiallar bo‘lgan.

"MXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bu shaxslar tomonidan sodir etilgan noqonuniy hatti-harakatlarning oldi olindi. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, olib qo‘yilgan materiallar diniy fundamentalizm g‘oyalarini o‘z ichiga singdirgan, jamoatchilik xavfsizligiga rahna solgan va O‘zbekistonda halifatlik barpo etishga qaratilgan bo‘lgan", — deb ta’kidladi sud instansiyasi vakili.

Sud Hasan Absalamovni 7-yilga ozodlikdan mahrum qildi. Uning ukasi Husan Absalamov va sheriklari Temurbek Axmatovlar har biri 5-yildan qamoq jazosiga mahkum etildilar.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0