Mirziyoyev: ekstremistlarni O‘zbekiston fuqaroligidan chiqarishga tayyorman

© IA "Jaxon"O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ekstremistik diniy tashkilotlarga a’zo shaxslarni fuqarolikdan mahrum qilish mexanizmidan foydalanishga tayyorligini ma’lum qildi

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti ekstremistlarni fuqarolikdan mahrum etishga tayyorligini aytdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Uchitel musulmanskoy religioznoy shkoli, uchit svoix uchenikov - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada o‘smirlarga diniy ta’lim berayotgan noqonuniy "xujra" aniqlandi
"Ertangi kunimiz tinch bo‘lsin desak, menga o‘sha ashaddiy ekstremistlarni O‘zbekiston fuqaroligidan chiqarish bo‘yicha taklif kiritish kerak", — deb ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga uyushtirgan safari chog‘ida. Prezident chiqishi "O‘zbekiston" telekanali orqali translyatsiya qilingan.

Prezident shuningdek, ushbu masalada ijro etuvchi organlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklarni ko‘rsatib o‘tgan hamda o‘z hayotini esktremistik faoliyat bilan bog‘lagan shaxslar qarindoshlarini jamoatchilik hayotidan chiqarib tashlash kabi harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligini kerakligini aytgan.

"Adashganlarni biz ilm bilan va hayotiy misollar bilan jamiyatga qaytaramiz. Agar misol uchun, beshta mahallada 20-30 nafar adashganlar bo‘lsa, shu 20 nafardan beshtasi ashaddiy — u qaytmaydi. Ularni O‘zbekiston fuqaroligidan chiqarish kerak va men bunga tayyorman", — deb aytgan Mirziyoyev.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0