O‘zbekiston chegarachilari 21 nafar Tojikiston fuqarosini o‘z vataniga qaytardi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishChegarachilar
Chegarachilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston chegarachilari tomonidan yil davomida chegarani buzgan 21 nafar Tojikiston fuqarosi o‘z vataniga qaytarilgan. Jumladan, 20-mart kuni 1000ta qo‘yi bilan O‘zbekiston hududiga kirib qolgan uch nafar podachi: M. Asadullayev, R.Eshonqulov va U.Xolto‘rayevlar otar bilan qo‘shib Tojikistonga topshirilgan

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekiston MXX Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi vakili so‘zlariga ko‘ra, yil davomida (o‘tgan yil aprel oyidan joriy yil aprel oyiga qadar) chegarani buzgan 21 nafar Tojikiston fuqarosi o‘z vataniga qaytarildi, deb xabar bermoqda naesmi.uz.

Pogranichnik na uchastke granisi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston chegara masalalari bo‘yicha Bayonnoma imzoladi
Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi vakilining ta’qidlashicha, garchi chegarani buzgan shaxslar O‘zbekiston JK 223 moddasi bo‘yicha jinoyat sodir etgan bo‘lsalarda, ammo o‘z vataniga qaytarilganlar. Sababi, vaziyatni aniqlashtirish davomida bu shaxslarning hech qanday buzg‘unchilik niyati bo‘lmagani, chegarani tasodifan kesib o‘tganliklari aniqlangan.

Shu tariqa, 2016-yil 5-aprel kuni O‘zbekiston tomonidan chegarani buzgan Panjikent tumanida yashovchi o‘n yetti yashar Hasanjonov Muhidjon va o‘n olti yashar Xudoytillo Izzatillolar Tojikistongaqaytarilgan. Surishtiruv tadbirlari davomida ular adashib qolganliklari va chegarani atay kesib o‘tmaganliklari aniqlangan.

O‘tgan yilning 10-avgust kuni O‘zbekiston chegarasini buzgan 7 yashar bolasi bor ayol Tojikistonga qaytarilgan. Ayol ruhiy xasta ekanligi aniqlangan.

Tojikistonda O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston matbuoti: tojiklar va o‘zbeklar do‘stligi abadiy!
2016 yilning 9-iyul kuni Tojikiston tomonga bir bolakay topshirilgan. O‘zbek chegarachilari uni bir kun oldin Kofarnixon darosidan olib chiqishgan.

20 mart kuni 1000ta qo‘yi bilan O‘zbekiston hududiga kirib qolgan uch nafar podachi: M. Asadullayev, R.Eshonqulov va U.Xolto‘rayevlar otar bilan qo‘shib Tojikistonga topshirilgan.

"Chegarani buzgan shaxslarga bizning surishtiruv va tergov organlarimiz alohida yondashadilar. Huquqbuzarlik sabab va holatlari batafsil o‘rganiladi. Bundaylarni yovuz niyatli qonunbuzarlarga tenglashtirish noo‘rin bo‘lardi. Shu munosabat bilan, tushuntirish suhbatidan so‘ng ular o‘z oilalariga qaytariladi", — deb xabar qildi Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi vakili.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0