O‘zbekiston va Tojikiston chegara masalalari bo‘yicha Bayonnoma imzoladi

Pogranichnik na uchastke granisi
Pogranichnik na uchastke granisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda Davlat chegarasini kelishilmagan ayrim uchrastkalaridan o‘tadigan chegara chizig‘ining huquqiy masalalari muhokama qilindi

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. 2017 yilning 30-may — 1-iyun kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston Hukumat delegatsiyalarining O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ishchi guruhlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Tojikiston va O‘zbekiston chegara masalalariga nuqta qo‘yishadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning o‘zaro manfaatli bo‘lgan barcha yo‘nalishlardagi hamkorlikni faollashtirish to‘g‘risidagi topshiriqlari ijrosi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Davlat chegarasini kelishilmagan ayrim uchrastkalaridan o‘tadigan chegara chizig‘ining huquqiy masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Yangiliklar lentasi
0