TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbek bojxonachilari 10 mingga yaqin adabiyot va video mahsulotlarni ushlashdi. Bu haqda davlat bojxona qo‘mitasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i F.Safarbayev O‘zbekiston Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot-anjumani davomida ma’lum qildi.
Chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan fuqarolar tomonidan shaxsiy buyumlari va qo‘l yuklari orasida turli diniy ekstremizm, terrorizm, shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi va pornografik mazmundagi materiallarning olib o‘tilishiga oid holatlar yuzasidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda "Ko‘ngildagi qora dog‘lar", "Yomonning ming bir qilig‘i", "Qimmatga tushgan qiziqish" nomli maxsus ko‘rsatuvlar tayyorlanib, markaziy telekanalar orqali efirga uzatildi.
Tadbir yakunida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha javoblar olishdi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.