O‘zbekiston bojxona postlari 18,3 mln dollarlik qurilmalar bilan jihozlanadi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovKontrolno propusknoy punkt na granitse s Kirgizstanom
Kontrolno propusknoy punkt na granitse s Kirgizstanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil yakuniga qadar bir necha bojxona postlar 14 dona zamonaviy skaner qurilmalari bilan jihozlanadi.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Xitoy kompaniyalari O‘zbekiston bojxona postlari uchun 18,3 mln dollarlik uskunalar yetkazib beradi, deb xabar qildi RIA Novosti bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib.

Punkt tamojennogo oformleniya na granitse - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek bojxonachilari 1000 dan ortiq tibbiyot anjomlari kontrabandasiga chek qo‘yishdi

Bojxona qo‘mitasi vakili so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Xitoy hukumatining 18,3 mln dollarlik grantidan samarali foydalanish bo‘yicha qarorni imzoladi.

"Joriy yil yakuniga qadar bir necha bojxona postlari 14 dona zamonaviy skaner qurilmalari bilan jihozlanadi", dedi bojxona qo‘mitasi vakili.

Xususan, Toshkent xalqaro aeroportiga o‘rta hajmdagi yuklarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan 10 dona skaner qurilmalari  o‘rnatiladi, Toshkent, Buxoro hamda Surxondaryo viloyatlari temir yo‘l bojxona postlariga katta xajmdagi yuklar uchun 4 dona skaner tekshiruv qurilmalari  o‘rnatiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yilda DBQ Hitoy hukumati tomonidan ajratilgan 10,6 mln dollar grant hisobiga 15 ta bojxona postini mobil skaner tekshiruv majmualari bilan jihozlangan edi.

Hozirgi kunda DBQ tarkibida 230dan ortiq bojxona postlari faoliyat ko‘rsatmoqda, ularning 150dan ortig‘i chegara bojxona postlaridir.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

 

Yangiliklar lentasi
0