TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Toshkentdagi Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibragimovning shafqatsizlarcha kaltaklanish oqibatida vafot etganligi haqida xabar bergandik. Toshkent shahar IIBB ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotganligini ma’lum qildi.
"2017 yil 3-may kuni taxminan soat 14:00 larda Yashnobod tumani hududidagi 145-maktab oldida Jasurbek Maxamad o‘g‘li Ibragimovga nisbatan og‘ir tan jarohatlari yetkazilganligi holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan 1999-yilda tug‘ilgan Islombek Abdujamilovich Tulaganovga nisbatan mavjud bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda boshqa shaxslarning mazkur jinoyatga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Tergov harakatlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi", deyiladi xabarda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.