O‘zbekiston sel kelishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

© Facebook/darvozSel v Tadjikistane
Sel v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tez kunlarda sel toshqinlari bilan bog‘liq muammolar hal etish va Chirchiq darosi atrofida istiqomat qiluvchi aholini muhofaza qilish maqsadida turli vazirlik va xizmatlar mutaxassislari ishtirokida maxsus komissiya tuziladi.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Davlat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi xabariga ko‘ra O‘zbekistonda havo harorati keskin ko‘tarilishi tufayli darolarda suv ko‘payishi va sel kelishi xavfi paydo bo‘ladi.

Devushki s velosipedami na zatoplennoy ulitse - Sputnik O‘zbekiston
FVV yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan suv bosish xavfini bartaraf qildi

"O‘zgidromet markazi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada iyun va iyul oylarida havo harorati keskin ko‘tarilib, sel toshqinlari sodir bo‘lish xavfi mavjud. Tez kunda sel toshqini bilan bog‘liq muammolarni hal qilish va Chirchiq daryo qirg‘og‘i atrofida istiqomat qiluvchi aholini muhofaza qilish maqsadida turli vazirlik va xizmatlar mutaxassislari ishtirokida maxsus komissiya tuziladi" — deb ta’kidladi Davlat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi xodimi.

"Bu chora-tadbirlarning asosiy maqsadi — sel toshqinlarni oldini olishdir. Komissiya tomonidan tez kunlarda Chirchiq daryo atrofidagi vaziyatni chuqur tahlil qilinib, salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘riladi. Shuningdek, Toshkent viloyati hokimiyati tomonidan daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash va xavf zonasida qurilgan uylarni boshqa joylarga ko‘chirish ishlari bilan shug‘ullanadi", — deb qo‘shimcha qildi suhbatdosh.

Reka Chirchik - Sputnik O‘zbekiston
Chirchiq darosi atrofida noqonuniy qurilgan dachalar buzib tashlanadi

Eslatib o‘tamiz, 18-may kuni tog‘lardagi qorlarning erishi, yog‘ingarchilikning ko‘p yog‘ishi tufayli "Chirchiq" darosi Quyichirchiq tumani hududining chap qirg‘oqlarni emirilishi va qisman qirg‘oqlarga suv chiqishi kuzatilgan. Bu esa "Abay" QFY "Tojik ovul" mahallasidagi 28 ta xonadonga (132 nafar fuqaro) suv bosish xavfi kelib chiqqan. Shuningdek, "Yangi hayot" QFY "Oxunboboyev" aholi yashash punktidagi 8 xonadonning hovlilariga suv kirgan.

Respublika tegishli xizmatlar tomonidan sodir bo‘lgan vaziyatni bartaraf etish maqsadida tezkor ravishda maxsus texnika vositalari jalb etilib, Chirchiq daryo qirg‘iqlari 35 metrga mustahkamlandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0