TOShKENT, 31-may — Sputnik. Toshkent viloyati hokimiyati va sohaviy vazirliklar bilan birgalikda kelgusi oylarda Chirchiq darosi bo‘yida noqonuniy qurilgan chorbog‘lar (dachalar) buzib tashlash ishlari boshlanadi. Bu haqda halqaro press-klub yig‘ilishida Davlat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi vakili ma’lum qildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi vakili so‘zlariga ko‘ra, tez kunlarda maxsus komissiya tuzilib, Chirchiq darosi chap va o‘ng qirg‘og‘ida qurilgan binolar ahvoli tahlil qilib chiqiladi. Shundan so‘ng noqonuniy qurilgan binolarni buzish bo‘yicha ishlar boshlanadi.
"Bugungi kunda Chirchiq darosi bo‘yida 200 dan ortiq noqonuniy qurilgan binolar mavjudligi aniqlangan. Hozirgi kunda puxta tekshiruv o‘tkazilmoqda va yakuniy ro‘yxat Toshkent viloyati hokimiyatiga yuboriladi. Shundan so‘ng tegishli ishlar boshlanadi. Bugungi kunda tabiatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha hukumat qarori tayyorlanmoqda. Ushbu qaror qabul qilingandan so‘ng sal kam bir oy ichida monitoring o‘tkaziladi", — deb ta’kidladi Davlat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi vakili.
Shuningdek, mutaxassis fikriga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlar ikki xildagi qurilish obyektlar ajratiladi. Jumladan daryo bo‘yida noqonuniy qurilgan binolar so‘zsiz buzib tashlanadi. Lekin ruxsatnoma bo‘lgan binolar va ular sel oqimi xavfi zonasida qurilgan bo‘lsa, bunday binolar daryo qirg‘og‘idan teparoq bo‘lgan xavfsiz joylarga ko‘chirish choralari ko‘riladi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.