TOShKENT, 22-may — Sputnik. 18-may kuni tog‘lardagi qorlarning erishi, yog‘ingarchilikning ko‘p yog‘ishi tufayli "Chirchiq" darosi suv sathi ko‘tarilishi va qirg‘oqlarga suv chiqib bir necha mahallani suv bosish xavfi tug‘ilgan, FVV matbuot xizmati xabari asosida.
"2017 yilning 18-may kuni soat 17:40 da Chorvoq suv omboridan 800 m3/sek.dan ziyod suv chiqishi natijasida Chirchiq darosi suv sathi ko‘tarilishi kuzatilgan. Soat 23:30 da "Chirchiq" darosining Quyichirchiq tumani hududining chap qirg‘og‘ida qirg‘oqlarni emirilishi va qisman qirg‘oqlarga suv chiqishi kuzatilgan.Bu esa "Abay" QFY "Tojik ovul" mahallasidagi 28 ta xonadonga (132 nafar fuqaro) suv bosish xavfi kelib chiqqan. Shuningdek, "Yangi hayot" QFY "Oxunboboyev" aholi yashash punktidagi 8 xonadonning hovlilariga suv kirgan, ammo ularning asosiy yashash uylariga zarar etmagan", — deyilgan FVV xabarida.
Voqea sodir bo‘lgan joyga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimiyati, O‘zgidromet, O‘zavtoyo‘l, IIB xodimlaridan iborat tezkor Shtab tashkil qilingan.
Tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, 19-may kuni 10:00 gacha 50 nafar xodimlar, 4 ta "MAN", 3 ta "SAMSUNG" avtomashinalari, 3 ta pogruzchik, 1 ta avtokran, 1 ta buldozerlar jalb qilinib, 35 m qirg‘oq joyiga temir-beton, harsang toshlar tashlanib, Chirchiq darosi qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari olib borildi.
Natijada, Quyichirchiq tumanidagi "Abay" QFY "Tojik ovul" mahallasi hududi, "Yangi hayot" QFY "Oxunboboyev" aholi yashash punkti hududlariga suv toshqini xavfi bartaraf etildi, Chirchiq darosidagi oqayotgan suv xajmi 100 m3/sek.ga kamaygan.
Hozirgi vaqtda Quyichirchiq tumanidagi "Abay" QFY ning "Tojik ovul" mahallasi hududi va "Yangi hayot" QFY ning "Oxunbobayev" aholi yashash punkti hududlarida qirg‘oq mustahkamlash ishlari davom etmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.