OTB O‘zbekistonda uy-joy qurilishi uchun 500 mln dollar ajratadi

© anhor.uzKottedji po tipovim proyektam
Kottedji po tipovim proyektam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Osiyo taraqqiyot banki tomonidan O‘zbekistonda 9 ta viloyatlar hududida 29 ming dona uylarni barpo etish uchun 500 mln dollar mablag‘ ajratiladi.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) direktorlar kengashi O‘zbekiston qishloq joylarida uy-joy qurilishi uchun 500 mln. dollar kredit ajratish to‘g‘risida qaror qabul qildi, OTB xabariga asosan.

Novoselye - Sputnik O‘zbekiston
Yangi "Poytaxt bank" uy-joy kreditlari bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatadi

OTB ma’lumotiga ko‘ra, moliyalashtirish 3 ta o‘zbek banklari (Ipoteka, Milliy va Qishloq qurilish banklari) hamda "Qishloq qurilish invest" davlat injiniring kompaniyasi orqali amalga oshiriladi. Moliyalashtirish dasturini 5-yilda amalga oshirish mo‘ljallangan.

2011 yil avgust oyida OTB O‘zbekistonga qishloq joylarda uy qurilishni qo‘llab quvvatlash uchun 500 mln dollar kredit ajratilgan edi. 2011-2015 yillar davomida 4 marotaba pul o‘tkazishlar natijasida qishloq hududlarda 41,5 mingta uy-joylar qurilgan. OTB hisobotida bugungi kunda qishloq joylarda O‘zbekiston aholisini uylar bilan ta’minlashga katta ehtiyoj mavjudligi qayd etilgan. Uy-joylar sotib oluvchilar soni mavjud bo‘lgan uylarga nisbatan 4 baravar ko‘pdir.

Namunali loyiha bo‘yicha uy qurish - Sputnik O‘zbekiston
Namunali loyiha asosida qurilgan uylar narxi ballar asosida belgilanadi

OTB mutaxassislari fikriga ko‘ra, hozirgi kunda Rossiyadan ishchi muhojirlar pul jo‘natmalarining hajmi kamayishi oqibatida O‘zbekiston hukumati qishloq hududlarni rivojlantirish va mahalliy aholini ish bilan ta’minlash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, kichik biznes egalari, o‘qituvchilar va shifokorlar qishloq joylarda arzon uy-joylar bilan ta’minlashi uchun yordam berilmoqda.

Eslatib o‘tamiz 2016-yil oktabr oyida Shavkat Mirziyoyev 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylarni qurish dasturini tasdiqlangan edi. Ushbu dastur doirasida 2017-yilda 15 ming dona yangi uy-joylar qurish rejalashtirilgan. Dasturning qiymati shu yil uchun 700 mln dollarni tashkil etadi. O‘zbekistonda 2009-2016 yillarda qishloq joylarda 69,557 ming dona uy-joylar (maydoni — 9,573 mln kvadrat metr) barpo etilib, 83,5 mingdan ortiq qishloq oilalari o‘z uy-joy sharoitlarini yaxshilashga erishdilar.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0