Namunali loyiha asosida qurilgan uylar narxi ballar asosida belgilanadi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishNamunali loyiha bo‘yicha uy qurish
Namunali loyiha bo‘yicha uy qurish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi kunda ushbu uylar narxi respublika hududida bir xil darajaga keltirilgan bo‘lib, 200 mln so‘mni tashkil qiladi. Kiritilayotgan ballar tizimi yangi uylarning shahardan yaqin yoki uzoqligiga qarab narxiga o‘zgarish kiritish imkonini yaratadi.

TOShKENT, 30-may — Sputnik. O‘zbekistonda hozirgi kunda namunali loyihalar asosida qurilgan uylarni ballar asosida sotish tizimi ishga tushirilmoqda

Sputnik muxbirining so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda bunday uylarning narxi o‘rtacha 200 mln so‘mni tashkil qiladi. Kiritilayotgan ballar tizimi yangi uylarning narxiga shahardan yaqin yoki uzoqda joylashganiga qarab o‘zgarish kiritadi.

“Biz uylarning narxini oshira olmaymiz, chunki ushbu uylar respublikaning turli burchaklarida qurilishiga qaramasdan, bir xil qurilish normativlari asosida qurilgan. Kiritilayogan ballar tizimi yerni baholash imkonini beradi. Misol uchun bugungi kunda Toshkent viloyatida joylashgan uylar Surxondaryo yoki Xorazm viloyatidagi uylardan qimmat turadi. Umuman poytaxtdan yoki shahardan uzoq bo‘lgan yerlar arzon narxlanadi. Uylarning narxi ham shundan kelib chiqadi. Misol tariqasida ayganda uyning shartli narxi Toshkent viloyati uchun 1,5 Qashqadaryo viloyati uchun esa 0,9 koefitsentiga ko‘paytiriladi”, — deb izoh berdi suhbatdosh.

Uning fikriga ko‘ra bu bozor qonulariga mos bo‘lib, ushbu uylarni keyinchalik qimmatroq narxga sotish uchun sotib olayotgan olibsotarlar faoliyatiga cheklashga xizmat qiladi.

“Biz ushbu uylarni ularga haqiqatdan ham ehtiyoji bo‘lgan fuqarolar sotib olishi uchun imkoniyat yaratmoqchimiz. Shu bilan bir vaqtda namunali uylar bozorida ko‘paygan olibsotarlikka chek qo‘ymoqchimiz. Shu munosobat bilan O‘zbekistonda yil boshidan beri kredit to‘lovlari to‘liq amalga oshirilmagan uylarni olib-sotish butunlay ta’qiqlangan”, — dedi suhbatdosh.

Hozir “Qishloq qurilish banki” mutaxassislari yangi ballar tizimini kiritish buyicha vazirlar mahkamasiga taklif tayorlamoqda. Hukumat tomonida ushbu taklif qo‘llab-quvvatlanadimi yoki yo‘qmi hali noma’lum.  

Yangiliklar lentasi
0