Yangi "Poytaxt bank" uy-joy kreditlari bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishNovoselye
Novoselye - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Poytaxt bank" jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy bilan bog‘liq talabini qondirish, ipoteka kreditlarini ajratish kabi xizmatlarni ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga asosan, Toshkent shahrida yangi "Poytaxt bank" jamg‘arma banki tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati xabar berdi.

"Poytaxt bank" jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy bilan bog‘liq talabini qondirish, ipoteka kreditlarini ajratish, ko‘p qavatli uylar qurayotgan tashkilotlarga kredit ajratish, ko‘p qavatli uylarni loyihalashtirish va qurish jarayonida buyurtmachining talablarini qondirish hamda ko‘p qavatli uylarni qurish va ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga lizing xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Bundan tashqari, xorij sarmoyadorlarini jalb etish, xaridorgir, zamonaviy va energiya tejovchi qurilish mollari hamda uskunalar ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga kredit berish, universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga boshqa bank xizmatlarini ko‘rsatish ham bankning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0