Toshkentda jonli ijroga mo‘ljallangan zamonaviy konsert zali barpo etiladi

© Press-slujba posolstva Azerbaydjana v RUzBlagotvoritelniy konsert v Tashkente pri uchastii posolstva Azerbaydjana v RUz
Blagotvoritelniy konsert v Tashkente pri uchastii posolstva Azerbaydjana v RUz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dasturga ko‘ra, dunyoning mashhur musiqachilari, bastakorlari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari tashkil etiladi, madaniyat va san’at yo‘nalishidagi ta’lim muassasalari o‘quv dasturlari va notalar, o‘quv qo‘llanma va darsliklar, ilmiy-metodik adabiyotlar bilan ta’minlanadi

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorga imzo chekdi. Qarorning to‘liq matni bilan O‘zbekiston prezidentining rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Xonadon kaliti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek san’ati rivojiga hissa qo‘shgan 11 nafar madaniyat xodimiga yangi uylar berildi

Madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini tashkil etish va samaradorligini oshirish borasidagi qonunchilikni takomillashtirish, o‘zbek milliy raqs va xoreografiya san’atini yanada rivojlantirish, madaniyat va san’at rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli san’atkorlar, jahon miqyosidagi nufuzli ko‘rik-tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallagan yoshlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni san’at maskanlariga muntazam jalb etish kabilar dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan.

Dasturga muvofiq, madaniyat va istirohat bog‘lari hududida "Nuroniylar maskan"lari tashkil etilib, faxriylarning madaniy dam olishlari uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

Shuningdek, "Seni kuylaymiz, zamondosh!", "Debut" kabi teatr san’ati ko‘rik-festivallari samaradorligi oshiriladi, "Bahor nafasi" xalqaro san’at festivali, "Boysun bahori" xalqaro folklor festivali, "Yoshlik bahori" respublika yosh opera ijrochilari festivali singari tadbirlar, turli xalq sayllarini tashkil etib, ularga xorijiy sayyohlar keng jalb etiladi.

Yangi Madaniyat vazirligining vazifalari belgilab berildi

Dunyoning mashhur musiqachilari, bastakorlari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari tashkil etiladi, madaniyat va san’at yo‘nalishidagi ta’lim muassasalari o‘quv dasturlari va notalar, o‘quv qo‘llanma va darsliklar, ilmiy-metodik adabiyotlar bilan ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligiga respublikadagi konsert-tomosha va teatr muassasalarining ijodiy xodimlari uchun grim va postijor mahsulotlari, oyoq kiyimlar, maxsus liboslar, sahna dekoratsiyalari va konstruksiyalari, parda va sahna liboslarini tayyorlashga ixtisoslashgan qo‘shma korxona tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish topshirildi.

Turkiya madaniyat, iqtisod va savdo delegatsiyalari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Madaniyat vazirligi va Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 10-uyda joylashgan binoni "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi tasarrufiga o‘tkazish va ushbu binoda jahon andozalariga to‘liq mos keladigan, akademik jamoalarning badiiy dasturlari namoyish etiladigan, jonli ijroga mo‘ljallangan zamonaviy konsert zalini barpo etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat konservatoriyasida madaniyat va san’at yo‘nalishidagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, shuningdek, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun malakali musiqa pedagoglarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan fakultet tashkil etish yuzasidan zarur choralarni amalga oshiradi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0