Jamiyat

Yangi Madaniyat vazirligining vazifalari belgilab berildi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yangi vazirlik oldiga maʼnaviy yetuk, intellektual barkamol va yuksak madaniyatli shaxslarni tarbiyalash vazifasi qoʻyildi

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 15 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatish va uning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tashkil qilish toʻgʻrisida farmonga imzo chekdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat boʻladi:

Papka - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbek amaldorlariga odobnoma darsi oʻtiladi
madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, milliy madaniy va maʼnaviy merosni asrab-avaylash va koʻpaytirish, sanʼat va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish, xalqimizning maʼnaviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirishni ragʻbatlantirish, uni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aholi keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar qalbi va ongiga mustaqillik, yuksak maʼnaviyat, insonparvarlik anʼanalariga sadoqat, milliy oʻzlikni anglash gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, radikalizm va ekstremizmdek yot gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash, jamiyatning muttasil ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan ommaviy-madaniy tadbirlarni oʻtkazishga qaratilgan maʼrifiy ishlarni amalga oshirish;

badiiy ijod, shu jumladan, teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, tsirk va xalq amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish, oʻzbek xalqi tarixi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga, ayniqsa, ijodkor yoshlarga har tomonlama koʻmaklashish;

madaniyat muassasalari, jumladan, teatrlar, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bogʻlari, muzeylar hamda boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning faoliyat samaradorligini oshirish, maʼnaviy yetuk, intellektual barkamol va yuksak madaniyatli shaxslarni tarbiyalash ishida ushbu muassasalar imkoniyatlaridan yanada toʻliq foydalanish;

Million guruhi - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Shamani shama qilgan "MILLION"
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jumladan, mahalliy hokimiyat idoralari, jamoat tashkilotlari, oʻquv yurtlari, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar bilan faoliyatning asosiy vazifa hamda yoʻnalishlarini, madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirishda, madaniyat va ijodiy muassasalar ishining samaradorligini taʼminlashda mustahkam hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak maʼnaviyat ruhida takomillashtirish, bunda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, ilgʻor xalqaro tajribalardan foydalanish, madaniy-maʼrifiy muassasalar va oʻquv yurtlarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash;

davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, mamlakatimizning madaniy merosini, mamlakatimiz ijodiy jamoalari va mualliflari asarlarini, jumladan, konferentsiyalar va koʻrgazmalar, madaniy tadbirlar va anjumanlar oʻtkazish yoʻli bilan chet ellarda keng targʻib qilish, madaniyat sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlar jalb etish, shuningdek, madaniyat sohasiga oid ommaviy adabiyotlarni chop etish, video va kino materiallar tayyorlash.

Yangiliklar lentasi
0