Prezident vazirlardan balandparvoz hisobotlar emas, samarali mehnat talab qildi

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoyga bo‘lgan tashriflari doirasida imzolangan shartnomalarni amalga oshirishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan har bir vazirlik va idora faoliyatiga tanqidiy nuqtayi nazardan baho berdi.

TOShKENT, 30-may – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-may kuni Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoyga bo‘lgan tashriflari doirasida imzolangan shartnomalar va loyihalarni amalga oshirish holatini tahlil qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Hujjatlar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy 20 milliard dollarlik shartnoma imzolaydi

Yig‘ilishda Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev kelishilgan shartnomalarni amalga oshirishda kamchilik va qoloqlikka yo‘l qo‘yayotgan har bir vazirlik va idora faoliyatiga tanqidiy nuqtayi nazardan baho berdi.

Xususan, Turkmaniston bilan qishloq xo‘jaligi texnikasi, mineral o‘g‘itlar, avtomobillar, qurilish materiallari, maishiy texnika yetkazib berish bo‘yicha 151 million AQSh dollariga teng hujjatlar imzolangan edi. O‘tgan uch oy davomida eksport hajmi 12 million dollarni tashkil etdi. Bu umumiy kelishilgan miqdorning 8 %i, xolos.

Shavkat Mirziyoyev i Gurbanguli Berdimuxamedov v Turkmenistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi

Qozog‘iston, Rossiya va Xitoyga tashriflar hamda Turkiya rahbari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda ham bir necha milliard dollarlik yirik kelishuvlarga erishildi. Lekin ularning ijrosiga oid natijalar kutilganidek emas.

Erishilgan barcha kelishuvlarning moliyaviy manbalari, ijro mexanizmlari, logistikasi, mas’ul idoralar va shaxslar hamda boshqa masalalar to‘liq hal qilingan bo‘lishi, ish puxta va qat’iy amalga oshirilishi kerakligi ta’kidlandi.

Mas’ul ijrochilarning har haftada bir marta Vazirlar Mahkamasida va har oyda bir marta Prezident huzurida xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan joriy va ishlab chiqilishi ko‘zda tutilayotgan yangi investitsion loyihalar yuzasidan hisobot berish tartibi o‘rnatiladi.

Rossiya va O‘zbekiston hamkorligi raqamlarda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya: investitsiyalar, savdo, biznes, ta’lim

Loyihalarning o‘z vaqtida moliyalashtirilishi, mutasaddilarning ijro intizomi, mas’ul shaxslarning mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishini nazorat qilish Hisob palatasi va Bosh prokuratura zimmasiga yuklandi.

Shuningdek, yig‘ilishda dabdabali raqamlar va balandparvoz hisobotlar ortidan quvish emas, yangicha samarali usul va mexanizmlarni tatbiq etish, ahvolni qisqa muddatda sinchiklab o‘rganib chiqish va zarur chora-tadbirlar belgilash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yangiliklar lentasi
0