O‘zbekiston va Xitoy 20 milliard dollarlik shartnoma imzolaydi

© Sputnik/Viktor TolochkoHujjatlar
Hujjatlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident matbuot-xizmati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy aloqalari jadallik bilan rivojlanmoqda

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga amalga oshiriladigan uch kunlik safari davomida umumiy qiymati 20 milliard dollarlik 100ga yaqin kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda, deb xabar qildi bugun jurnalistlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot-xizmati rahbari Asad Xodjayev.

Premyer-ministr Uzbekistana Shavkat Mirziyayev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev 11-15 may kunlari Xitoyda bo‘ladi
Ushbu ma’lumotlarni taqdim etar ekan, Xodjayev, bu xabar ular ega bo‘lgan dastlabki ma’lumotlarga asoslanganini ta’kidlab o‘tgan.

"Davlat tashrifi "Bitta kamar — bitta yo‘l" forumiga bag‘ishlanadi. Bu Xitoy tomonidan amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi forum. U 100dan ziyod davlatlar va xalqaro tashkilotlarni birlashtiradi. Biz ega bo‘lgan ma’lumotlarga asosan, ushbu forumda 40dan ziyod davlat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Ular savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar xarakterdagi masalalarni muhokama qiladilar. O‘zbekiston ushbu forum doirasida faol ishtirok etishni rejalashtirgan", — deb qayd etgan Xodjayev.

Prezident matbuot-xizmati rahbari, shuningdek, Xitoy bilan aloqalar jadal rivojlanayotganini qo‘shimcha qilgan. Jumladan, ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi o‘tgan yilda 4,2 milliard dollarni tashkil qilgan. Xitoydan O‘zbekistonga jalb qilingan investitsiyalar esa 8 milliard dollarga yetgan.

Ikki davlat o‘rtasidagi 230 turda normativ hujjatlar imzolangan. 

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0