Diplomatik vakolatxonalar faoliyati qoniqarsiz deb topildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis Senati yalpi majlisida Tashqi ishlar vaziri A.Kamilov hisobot berdi. Hisobotda TIV faoliyatida mavjud bo‘lgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqilib, kelgusi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

TOShKENT, 29-may — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 27-may kuni Oliy Majlis oldida hisobot berdi.

O‘z hisobotida Kamilov, o‘tgan yil sentabridan hozirgi vaqtgacha bo‘lgan davr mobaynida oliy darajada 12 ta tashrif tashkil etilganligi, Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya va Xitoyga buyurgan davlat tashriflari samarali bo‘ldi. Ularning yakunlari bo‘yicha 37,7 milliard dollari hajmiga teng 239 ta shartnoma va bitimlar imzolanganini xabar qildi.

Memorial sovetskomu soldatu na sentralnom kladbishe v vene - Sputnik O‘zbekiston
MDH diplomatlari Avstriyadagi "Sovet askari" yodgorligiga gul qo‘yishdi

Shuningdek, vazir savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy-texnologik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalarning 12 ta yig‘ilishi, O‘zbekiston iqtisodiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga 130 marotaba tashrifi, chet el biznes-delegatsiyalarining respublikamizga 266 ta tashrifi bo‘lib o‘tganini ta’kidladi.

O‘z navbatida, diplomatiya vakolatxonalar faoliyatida yo‘lga qo‘yilgan quyidagi kamchiliklar ham ko‘rsatib o‘tildi:

  • jamoa boshqarilishining past darajasi va chet el sarmoyalarini jalb etish hamda tashqi bozorlarga eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalarining bajarilishi yuzasidan xodimlarga nisbatan talabchanlikning yo‘qolgani;
  • biznes doiralari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish bo‘yicha ishlarning qoniqarsizligi;
  • ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat hamda iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishi tamoyillari va sur’atlari, shuningdek, mamlakat tashqi iqtisodiy siyosati ustuvorliklarining samarali tahlil tizimi va doimiy monitoringi yo‘lga qo‘yilmagan.

Shuningdek, rahbariyat topshiriqlari ijrosiga nisbatan faoliyatsizligi

Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Belgiya, Hindiston va Janubiy Koreyada yangi elchilar tayinlandi
va sustkashligi uchun 7 nafar elchi vazifasidan ozod etildi. Xizmat vazifalarini bajarishdagi mas’uliyatsizligi uchun yil boshidan buyon vazirning uch nafar o‘rinbosari va ikki nafar boshqarma boshlig‘i vazir buyrug‘i bilan qat’iy hayfsan oldi.

Hisobot yakunida TIV va xorijiy vakolatxonalarning sarmoya va zamonaviy texnologiyalar jalb etish sohasidagi faoliyatini yaxshilash, shuningdek, mamlakatning sarmoyaviy salohiyatini oshirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar taklif qilindi:

  • diplomatik vakolatxonalar tuzilmasini optimallashtirish va tanqidiy tahlil qilgan holda xorijiy vakolatxonalar shtat jadvalini qayta ko‘rib chiqish;
  • TIV apparatida xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari bilan shug‘ullanadigan mustaqil bo‘linma tashkil etish;
  • dunyo tajribasi asosida loyihalashga oid takliflarni tayyorlashning yagona standartlarini ishlab chiqish. Investitsiya loyihalari hamda korxona va obyektlarni xususiylashtirish borasidagi takliflarni sifatli tayyorlash bo‘yicha texnik hujjatlarni ishlab chiqishga G‘arb davlatlarining yetakchi konsalting kompaniyalarini faol jalb qilish;
  • valyuta bozori va bank-moliya tizimini liberallashtirish, sarmoyadorlar huquq va manfaatlarining ishonchli himoyasini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish borasidagi ishlarni davom ettirish;
  • xalqaro reyting agentliklari va tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish;
  • Ochiq manbalarda sarmoyador uchun investitsiyaviy faoliyatini amalga oshirishda zarur bo‘lgan iqtisodiy ma’lumotlarni, jumladan, davlat budjeti va uning bajarilishi, pul-kredit siyosati, tashqi savdo ko‘rsatkichlari va boshqa axborotlarni muntazam e’lon qilinishini ta’minlash va boshqalar.
    Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Yangiliklar lentasi
0