Belgiya, Hindiston va Janubiy Koreyada yangi elchilar tayinlandi

© Sputnik / Dmitriy VinogradovFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy Majlisning yuqor palatasi uch mamlakatda diplomatik vakolatxonalarning yangi rahbarlari nomzodlarini tasdiqladi.

TOShKENT, 29-may — Sputnik. O‘zbekiston Senatining 10 majlisida  Belgiya, Hindiston va Janubiy Koreyada yangi elchilar tayinlandi, deb xabar qilmoqda Tashqi Ishlar vazirligi sahifasi.  

2014 yildan beri O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Dilor hakimov O‘zbekiston Respublikasining Belgiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi.  

O‘zbekistonning Germaniyadagi sobiq elchisi, Farxod Arziyev O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi Favqulodda va Muxtor Elchi etib tayinlandi.

1995-2013 yillarda O‘zbekiston prezidentining ishonchli vakili, keyin O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi lavozimlarida ishlab kelgan Vitaliy Fen O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0