TOShKENT, 8-maya — Sputnik. Rossiya va MDH mamalkatlari diplomatlari Vena markaziy qabristonidagi hamda Shvarsenberg maydonidagi Urush yillari yodgorliklari poyiga gul qo‘yishdi, RIA Novosti xabariga asosan.
Vena qabristonida Urush yillari Avstriyani ozod qilish uchun bo‘lgan janglarda qurbon bo‘lgan bir nech ming Sovet askarlari dafn etilgan. Ularga atab qurilgan yodgorliklar poyida yil bo‘yi gullar qo‘yiladi.
Bu yilgi xotira marosimida Ozarbayjon, Armaniston, Rossiya, Ukraina, Avstriya, Chexiya, Qirg‘iziston va O‘zbekistonlik diplomatlar ishtirok etishdi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.