Moskvada World of Tanks chempionati yakunlandi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFinal chempionata mira po World of Tanks
Final chempionata mira po World of Tanks - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
27-28 may kunlari Moskvada World of Tanks o‘yin bo‘yicha jahon chempionatida Tornado jamoasi g‘alab qozondi.

TOShKENT, 29-may — Sputnik, Anton Kurilkin. World of Tanks kompyuter o‘yini bo‘yicha Jahon chempionatiga ishtirok etish uchun dunyoning turli mamlakatlaridan 100 dan ortiq geymerlar Moskvadagi "VTB-Arena" majmuasida jamlagnishdi. Qizg‘in tank janglari musobaqasini Sputnik muxbiri ham kuzatdi.

Kompyuter o‘ini bo‘yicha bunday musobaqa Moskvada ilk bor tashkil etildi. O‘tgan yilgi bellashuv Varshavada bo‘lib o‘tgan edi. Musobaqaning birinchi yarim finalida Shimoliy Amerikaning Elevate va Yevropaning Ding jamoalari kuch sinashdi. Tomoshabinlar jamoalarning har bir harakatini ulkan ekranlar orqali diqqat bilan kuzatib borishdi. O‘yin davomida faqat sharhlovchi va o‘yin ovozi jaranglab turdi.

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFinal chempionata mira po World of Tanks
Final chempionata mira po World of Tanks - Sputnik O‘zbekiston
Final chempionata mira po World of Tanks
Elevate jamoasi 2 ta og‘ir tanklaridan mahrum bo‘ldi. Yana bir o‘q otish natijasida amerika jamoasining yana bir tanki izdan chiqdi. Ushbu o‘yinda amerika jamoasining tanklarini birin ketin yo‘q qilgan Ding jamoasi g‘alaba qozondi. Ikkinchi yarim finalda Tornado va Not So Serious jamoalari ro‘baro‘ kelishdi. Bellashuvda Tornado jamoasi yana g‘alabani qo‘lga kiritib, finalga olishdi.

So‘ngi vaqtda Wargaming jamoasi ushbu o‘yinni ishlab chiqarish va rivojlantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirdi. Oxirgi bir yil ichida ko‘plab yangi yuklamalar yaratildi. Yangi turdagi tanklar qo‘shildi. Turli xaritalar yangilanib, o‘yin xatoliklari to‘g‘rilandi. World of Tanks o‘yini borgan sari murakkablashib, takomillashib bormoqda.

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFinal chempionata mira po World of Tanks
Final chempionata mira po World of Tanks - Sputnik O‘zbekiston
Final chempionata mira po World of Tanks
Final jangi, eng murakkab bo‘lib unda Yevropaning eng kuchli jamoasi Ding hamda MDHning eng kuchli jamoasi Tornado bellashishdi. Jang 13 raunddan iborat bo‘ldi. Dastlabki janglarda jamoalar navbatma-navbat bir-birlarini yengib kelishdi, lekin Ikkinchi Jahon tarixidan mashhur bo‘lgan “Proxorovka” xaritasida o‘tkazilgan jang hal qiluvchi bo‘ldi.

Ushbu jang xarita markazida boshlanib, tanklar bir birlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ro‘baro kelishdi. O‘yin boshida yengil va o‘rta og‘irlikda bo‘lgan tanklar yo‘q qilindi. Bir necha daqiqadan so‘ng esa Ding jamoasi birgina tanki omon qoladi. Lekin u ham bir necha o‘n soniyadan so‘ng yo‘q qilinadi.
Keyingi matchda yevropa jamoasi taslib bo‘lmadi va hisob 6:2 bo‘ldi.

Finalning yakuniy jangida jamoa o‘yinchilar bir-biriga qarshi o‘yin olib borishdi va matchning oxirgi 15 soniyasi qolganda Tornado jamoasi raqibning so‘ngi tankiga o‘t qo‘yib, g‘alabani qo‘lga kiritadi.

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishIgra World of Tanks
Igra World of Tanks - Sputnik O‘zbekiston
Igra World of Tanks
Nihoyat World of Tanks kompyuter o‘yinida MDH davlatlaridan tashkil topgan Tornado jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritishadi. Tornado Energy terma jamoasini Rossiya, Belarussiya, Ukraina i Latviyadan virtual tankchilari tashkil etadi.

G‘alaba qozongan jamoa vakillari jahon chempionlik unvoni, g‘alaba sovrini hamda 150 ming dollar pul mablag‘i bilan taqdirlandilar. Ishtirokchilar katta kuvonch bilan tantana qilishdi.

World of Tanks — kimlar uchun yaratilgan o‘zi?  

World of Tanks (tanklar dunyosi) Belorussiyaning Wargaming kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib u qisqa vaqt ichida avvalombor Rossiya va Belorussiya hududida, keyin MDHda undan keyin butun dunyoda juda ommaviylashib ketdi. Bugungi kunda ushbu kompaniya dunyoning eng yirik kompyuter o‘yinlari ishlab chqaruvchilaridan biridir.

Wargaming kompaniyasi tomonidan bezatilgan Boing - Sputnik O‘zbekiston
World of Tanks uslubida bezatilgan Belorussiya samolyoti

O‘yin  ommaviylashuviga sabab, o‘yin yaratuvchilari uni tarixiy haqiqatga imkon qadar yaqinroq qilishga harakat qilganidir. Masalan T-34 yoki "Tigr" tanklari qanday texnik xususiyatlarga ega bo‘lsa o‘yinda ham xuddi shunday xususiyatlarga ega.

Ikkinchian, o‘yin ishlab chiqaruvchilari Ikkinchi Jahon urushi davrida yirik tank janglari bo‘lib  o‘tgan hududlarning imkon qadar aniq xaritasini yaratishga harakat qilishgan. Ya’ni geymer World of Tank o‘ynayotgan vaqtda o‘zini urush qahramoni sifatida his qilishi mumkin.

Ctend igri World of Tanks - Sputnik O‘zbekiston
Wargaming kompaniyasi O‘zbekistonda kompyuter o‘yinlari ishlab chiqarmoqchi

Uchinchidan, ushbu o‘yinni internet orqali bepul o‘ynash mumkin, onlayn ravishda bepul boshqa geymerlar bilan bellashish imkoni ham bor.

World of Tanks o‘yinining yana bir qiziq tomoni, unga boshqa kompyuter o‘yinlaridan farqli ravishda, uning muxlislarining 94% 18 yoshdan kattalarva 42% oilali va frazandli fuqarolardir.

Aytib o‘tish joizki ushbu o‘yin rivojlanishiga Alisher Usmonov ham 100 mln dollar sarmoya kiritgan.

 

Yangiliklar lentasi
0