World of Tanks uslubida bezatilgan Belorussiya samolyoti

© Sputnik/Viktor TolochkoWargaming kompaniyasi tomonidan bezatilgan Boing
Wargaming kompaniyasi tomonidan bezatilgan Boing - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Minskda Wargaming uslubida bezatilgan Boing samolyotining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Minskdagi milliy aeroportga Belorussiya tarixida  birinchi bor, alohida brend uslubida bezatilgan samolyot paydo bo‘ldi, Sputnik Belorussiya xabariga asosan.

Wargaming.net – bu Belorussiyalik Viktor Kisliy tomonidan tashkil qilingan dunyoda eng mashhur kompyuter o‘yinlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biridir. Kompaniyaning “ishlab chiqarish” markazi Minskda joylashgan. Ular yaratgan eng mashhur o‘yinlardan biri bu “World of Tanks”. Ushbu bepul onlayn o‘yin bugungi kunda dunyoda eng ommaviy onlayn o‘yinga aylangan desak adashmaymiz. Wikipedia ma’lumotiga ko‘ra 2013-yilda o‘yinga ro‘yxatdan o‘tganlar soni 75 mlndan oshgan.

© Sputnik / Viktor TolochkoBrendirovanniy Wargaming "Boing" Belavia
Brendirovanniy Wargaming Boing Belavia - Sputnik O‘zbekiston
Brendirovanniy Wargaming "Boing" Belavia

Belorus milliy kashtasi uslubida bezatilgan samolyotni Minsk aeroporti direktori va Belavia kompaniyasi direktorlari kutib olishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra samolyot dizynini Wargaming tasvirchilari yaratgan, Chexiyalik ustalar esa uni hayotga tadbiq qilishgan. Samolyotini bezashga 300 litr kraska va 450 kv.m. trafaret ishlatilgan. Barcha ishlarni 13 mutaxassis 1800 soat davomida bajargan.

Aytishlariga qaraganda samolyot Chexiyadan prezident uchuvchisi boshqaruvida uchib kelgan.

Yangiliklar lentasi
0