Shavkat Mirziyoyev: har bir loyiha o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi kerak

© jahonnews.uzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari Shayxontohur tumanida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar bilan tanishdi

TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti poytaxt tumanlariga tashrif buyurib, odamlar bilan muloqot qilmoqda, masalalarni joyida o‘rganib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga doir ustuvor vazifalarni belgilab bermoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.

Shayxontohur tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish asnosida Shavkat Mirziyoyev "Toshkent issiqlik markazi" aksiyadorlik jamiyatining 3-issiqlik markazida bo‘ldi. Mazkur issiqlik markazi 1970-yillarda qurilgan bo‘lib, tumandagi 937 obyektga issiqlik quvvati yetkazib beradi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev "Suzuk ota" maqbarasi va jome’ masjidida bo‘ldi

Bugungi kunda qozonxona uskunalari va tarmoqlar texnik va ma’naviy eskirgani, markaziy qozonxonalar iste’molchilardan uzoq masofada joylashganligi sababli issiqlik yetkazib berishda ayrim muammolar yuzaga kelmoqda. Toshkent shahrini to‘liq energiyatejamkor lokal qozonxonalarga o‘tkazishimiz zarur, dedi prezident.

Shu yerda Shayxontohur tumanida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Tijorat banklari tomonidan aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlar keltirildi.

Loyihalarda yaratiladigan ish o‘rinlariga qarab kreditning yillik stavka foizi pasayib boradi. Bitta ish o‘rni yaratgan tadbirkor uchun 9 foiz, ikkita ish joyi yaratganlik uchun 8 foiz, beshta va undan ortiq ish o‘rni yaratgan tadbirkorning kredit stavkasi 6 foiz qilib belgilanadi.

Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Chilanzarskiy rayon Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda yangi loyihalarga alohida e’tibor qaratdi

"Bu loyihalar aholi farovonligiga xizmat qiladi. Shuning uchun har bir loyihani sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishga alohida e’tibor berish kerak", dedi davlat rahbari.

Prezidentga tumandagi kollejlarda o‘quvchilar qaysi sohalarda o‘qishni tamomlayotgani, kredit olib o‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar haqida ma’lumot berildi.

Davlat rahbari bitiruvchilarning birontasi ham bo‘sh qolmasligi, ularning ishga joylashishini qat’iy nazoratga olish zarurligini ta’kidladi.

Tumanda 2017-yilda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun kiritiladigan investitsiyalar haqida ham ma’lumot berildi.

Kimyo va neft-kimyo, qurilish materiallari, mebel va qog‘oz, oziq-ovqat, to‘qimachilik, farmatsevtika, charm-poyabzal, qandolatchilik, elektrotexnika sohalaridagi loyihalarga ajratiladigan kreditlar miqdori, yangi korxonalarda yaratiladigan ish o‘rinlari haqida batafsil axborot berildi.

Davlat rahbari loyihalarning ahamiyati haqida to‘xtalib, ularning har birini o‘z vaqtida ishga tushirish kerakligini alohida ta’kidladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0