Shavkat Mirziyoyev "Suzuk ota" maqbarasi va jome’ masjidida bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Prezident mutasaddilarga maqbara va masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun poytaxtning Shayxontohur tumanidagi "Suzuk ota" maqbarasi va jome’ masjidida bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.

Muqaddas dinimizga muvofiq maqbarada Qur’oni karimdan tilovat qilindi.

Arabskie i persidskie rukopisi IX-X vekov - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yangi muzey tashkil etiladi

"Ushbu masjid va maqbara ma’naviyatimizni yanada yuksaltirishga, yurtimizda ezgulik nurini ziyoda etishga xizmat qilishi kerak, dedi davlat rahbari. Bu yerda hunarmandlar markazi va kutubxonasi tashkil etish lozim".

Prezident mutasaddilarga maqbara va masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Suzuk otaning asl ismi Mustafoqul bo‘lib, 1140-yilda tavallud topgan. U Ahmad Yassaviyning qizi Gavhari Hushtojning kenja o‘g‘li bo‘lgan. Bolalik chog‘ida bobosi u kishini erkalab "Mening suzigim (suyukligim), xush keldingiz!", degani bois atrofdagilar ham uni shu ism bilan chaqira boshlagan. Suzuk ota yuzlab shogirdlarga ilm berib, hunarga, halol mehnatga o‘rgatgan. 1363-1364 yillarda Amir Temur Yassaviyning nabirasi Suzuk ota qabri ustida maqbara va masjid bunyod ettirgan.

Mustaqillik yillari bu muqaddas qadamjo qayta tiklanib, obodonlashtirildi. "Suzuk ota" mahalla fuqarolar yig‘inida besh mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mahallada hunarmandlik, duradgorlik, o‘ymakorlik rivojlangan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0