FVV zilzila va texnogen halokatlardan qutqarish o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazdi

© Press-slujba MChC UzbekistanaSovmestnoe komandno-shtabnoe uchenie MChS
Sovmestnoe komandno-shtabnoe uchenie MChS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil 23-25 may kunlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qo‘mondonlik shtab-o‘quv mashqlari hamda Andijon shahridagi “Andijon Industrial-pedagogika kasb-hunar kolleji”da avariya-qutqaruv ko‘rgazmali mashg‘uloti o‘tkazildi.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. FVV 2017-yil 23-25 may kunlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qo‘mondonlik shtab-o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Devushki s velosipedami na zatoplennoy ulitse - Sputnik O‘zbekiston
FVV yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan suv bosish xavfini bartaraf qildi

O‘quv mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida zilzila va uning ikkilamchi omillari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha shahar va viloyat boshqaruv organlari kuch va vositalarining harakatlarini muvofiqlashtirish hisoblanadi.

Mashqlarga FVV, Toshkent shahri va Toshkent viloyati shahar va tuman hokimliklari, kommunal soha, jamoat tartibini saqlash, tez tibbiy yordam, avtotransport xizmatlari hamda hududlardagi mahalla aholisining bir qismi jalb etildi.

O‘quv mashqiga jalb etilgan kuch va vositalarni boshqarish maqsadida Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani Yangiturmush MFY, Pedagogika kasb-hunar kolleji hududida asosiy boshqaruv punkti hamda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Texnologiya kasb-hunar kolleji hududida yordamchi boshqaruv punkti tashkil etildi.

FVV mashg‘ulotlaridan lavha - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston FVV kimyo korxonalarida avariyalarga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Shuningdek, 23-may kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan sanoat hududida va "Toshkent IES" OAJida, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi Temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasida hamda "Ikkilamchi qora metallarni qabul qilish" korxonasi Angren filialida zilzila oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish, vayron bo‘lgan binolarda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Ushbu mashqlarga jami 250 nafar xodim va 50 ta avtotexnikalar jalb etildi. Mazkur qo‘mondonlik shtab-o‘quv mashqlari 25-may kunlari ham davom etadi.

Zaharli qo‘ziqorin - Sputnik O‘zbekiston
FVV zaharli qo‘ziqorinlardan saqlanishga chaqirdi

Bundan tashqari, 2017-yilning 23-may kuni Andijon viloyati FVV tomonidan "Qutqaruv otradi" Andijon shahridagi "Andijon Industrial-pedagogika kasb-hunar kolleji"da "Qutqaruv otradi"ning avariya-qutqaruv, suvda-qidiruv, radiatsion, kimoviy va biologik (bakteriologik) muhofaza maxsus asbob-anjomlari va ulardan foydalanish bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazildi. O‘tkazilgan amaliy o‘quv mashg‘ulotida kollejining 50 nafar o‘qituvchi va 900 nafar o‘quvchilari ishtirok etdi.

O‘quv mashqining maqsadi, tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuz berganda maktab o‘quvchilarining to‘g‘ri harakat qilishga doir bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘ldi. Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilariga zilzilani simulyasiya qilish mashqi namoyish etildi. Bunda "Yosh qutqaruvchi" ko‘ngillilar klublari a’zolari o‘quvchilarni evakuatsiya qilgan holda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishdi va amaliy mahoratlarini oshirdilar.

Tadbir so‘nggida, qutqaruv otradining zamonaviy asbob-anjomlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0