O‘zbekiston FVV kimyo korxonalarida avariyalarga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Obuna bo‘lish
"Maksam-Chirchiq" AJ hududida kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda — ammiakni tarqalishi bilan bog‘liq avariya sodir bo‘lishini oldini olish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Zaharli moddalar tarqalgan sharoitda maxsus-taktik o‘quv mashqlarni yaxshib o‘rganish ishlari Toshkent viloyati hududida joylashgan "Maksam-Chirchiq" AJda o‘tkazildi. Ta’kidlash joizki, korxona O‘zbekistonda azot o‘g‘itini ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi.

O‘zbekistondagi ko‘l - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi tog‘oldi hududlarda suv toshishi xavfi e’lon qilindi
"Maksam-Chirchiq" AJda "Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda-ammiakni tarqalishi bilan bog‘liq avariya sodir bo‘lganda obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari" mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi, deyilgan xabarda.

FVV matbuot xizmati ta’kidiga ko‘ra, o‘quv mashqlar Chirchiq shahrining korxona yaqinida joylashgan ijtimoiy va iqtisodiy obyektlar hamda aholini yuzaga kelgan vaziyat haqida xabardor etish, zaharlanish hududiga tushadigan ichki-xizmatchilar va aholini evakutsiya qilish, avariya o‘chog‘ini chegaralash va bartaraf etish maqsadida amalga oshirildi, deb yozadi RIA Novosti.

"O‘quv mashqlari davomida favqulotda vaziyalarni oldini olish bo‘yicha zamonaviy avariya-qutqaruv texnikasi va asbob-anjomlar jalb etildi", deb xabar berishdi FVVda. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, o‘quv mashq davomida rejalashtirilgan barcha maqsadlar va vazifalar samarali amalga oshirilgan.

2014 yil fevralda xorijlik investor "MaxamCorp, S.A.U." Ispaniya korporatsiyasiga investori "Ammofos-Maksam" AJ (Olmaliq, Toshkent viloyati) korxonasiga tegishli oltingugurtni saqlash omborida ro‘y bergan portlash natijasida 3 tonna zaharli kimoviy moddalar atrof-muhitga tarqaldi. Shu bilan birga, yer osti suvlari orkali 540 tonna zaxarli moddalar qo‘shni suv kanaliga tushdi. O‘zbekiston FVV xabariga ko‘ra, ushbu favqulotda vaziyat qiska muddat ichida bartaraf etilib, ziyon chekkan fuqarolar aniqlanmadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0