Mirziyoyev oila daromadi ko‘payishini ta’minlovchi yana bir qarorni imzoladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishProizvodstvo ovoshnix konservov na fabrike
Proizvodstvo ovoshnix konservov na fabrike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kasanachilikni yanada rivojlantirish hamda zamonaviy mashina, asbob-uskunalar, xomashyo va materiallarni xarid qilish uchun moliyaviy resurslar bilan foydalanishni kengaytirish orqali oila budjetlari daromadlarini ko‘paytirish maqsadida Konsorsium tashkil etiladi

TOShKENT, 25-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Qarorning to‘liq matni bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida tanishish mumkin.

Hujjatga ko‘ra, Toshkent shahrida tijorat banklari tomonidan 50 milliard so‘mlik boshlang‘ich ustav kapitali bilan "Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Konsorsium" mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etiladi.

Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Yangi farmon: tadbirkorlarni shaxsan prezidentning vakili himoya qiladi

Konsorsiumni tashkil etishdan maqsad, band bo‘lmagan aholini ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilishning samarali vositalaridan biri bo‘lgan kasanachilikni yanada rivojlantirish hamda zamonaviy mashina, asbob-uskunalar, xomashyo va materiallarni xarid qilish uchun moliyaviy resurslar bilan foydalanishni kengaytirish orqali oila budjetlari daromadlarini ko‘paytirishdir.

Konsorsiumga qaror ilovasida keltirilgan ro‘yxatga muvofiq zamonaviy mashina, asbob-uskunalar, xomashyo va materiallarni xarid qilishga kasanachi va (yoki) kasana mahsulotlarini ishlab chiqarishga buyurtma beruvchi korxonalarga zayomlarni ajratish huquqi beriladi.

Shuningdek, Konsorsium kasanachilar va kasana mahsulotlarini ishlab chiqarishga buyurtma beruvchi tashkilotlar bilan mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish borasidagi shartnomalarni tuzish huquqlariga ega bo‘ladi.

Qarorda belgilanishicha, kasanachilarga zamonaviy mashina, asbob-uskunalar, xomashyo va materiallarni xarid qilish uchun zayomlarni ajratish sotib olinayotgan tovarlarni kafillikka olish orqali amalga oshiriladi.

VISA va MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlar plastik kartochkadan o‘z ixtiyoricha foydalanishi mumkin

2017 yilning 1-iyulidan boshlab kasanachilar uchun jismoniy shaxslarga qo‘llaniladigan daromad solig‘i qat’iy 7,5 foiz miqdorida belgilanadi.

Konsorsium barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilib, bo‘shayotgan mablag‘lar ustav jamg‘armasini to‘ldirishga yo‘naltiriladi.

"Mahalla" xayriya jamoat fondi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari kasanachilar bilan korxonalar o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy hamkorlik borasidagi, shu jumladan, korxonalar buyurtmalarini uy sharoitlarida bajarish istagini bildiruvchi mahallalar aholisini aniqlash faoliyatini jadallashtirishlari hamda aholi orasida kasanachilik afzalliklarini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirilishini ta’minlashlari belgilangan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0