Tadbirkorlar plastik kartochkadan o‘z ixtiyoricha foydalanishi mumkin

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishVISA va MasterCard
VISA va MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bank “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirishlar kiritdi.

TOShKENT, 25 apr – Sputnik.  O‘zbekiston Markaziy banki yakka tadbirkorlarning plastik kartalaridan foydalanishda bir qator qulayliklar kiritdi.

Xususan, bundan buyon tadbirkorlar o‘zlariga biriktirilgan korporativ plastik kartochkalarni boshqa shaxslarga foydalanish uchun berishlari va plastik kartaga istalgan mahsulot va xizmatlar sotib olishlari mumkin mumkin.

 

Endi mahsulot va xizmatlar sotib olishda shartnoma tuzish talab qilinmaydi.

To‘lovni terminal orqali qabul qilgan xizmatchining imzosi va “to‘landi” muhri qo‘yilgan schotlar, kvitansiyalar qonun hujjatlariga muvofiq hisobot hujjatlari bo‘lib xizmat qiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0