2017 yilda to‘qimachilik sohasida 178 mln dollarlik 15 ta loyiha amalga oshiriladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishProizvodstvo tansevalnoy obuvi i kostumov
Proizvodstvo tansevalnoy obuvi i kostumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘qimachilik sohasida umumiy hisobda, 2020-yilgacha 132 ta investitsion loyiha amalga oshirish rejalashtirilgan, shulardan 50% xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan moliyalashtiriladi.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. 2017-yil davomida O‘zbekistonda tayyor to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida 178 mln dollarlik 15 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda to‘qimachilik va yengilsanoatni rivojlantirish hamda yaqinlashib kelayotgan "Bolajonlar-shirintoylar" bolalar modasi festivaliga bag‘ishlangan Halqaro press-klub yig‘ilishida e’lon qilindi. 

Yig‘ilishda "O‘zbekengilsanoat" AJ boshqaruv raisi maslahatchisi Rasul Sodiqov,"Osiyo ramzi" dizaynerlar va modelyerlar uyushmasi boshqaruvi raisi Xolida Kamilova, "Istiqlol tekstil dizayn" direktori Baxtiyor Umarovlar so‘zga chiqishdi. Shuningdek, yig‘ilishda "O‘zbekengilsanoat" AJ, "O‘zbek ipagi" uyushmasi, to‘qimachilik korxonalar, Halqaro press-klub vakillari va mutaxassislar ham ishtirok etishdi.

O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasiga soliq va bojxona imtiyozlari berildi

2016 yil dekabrda tasdiqlangan "2017 — 2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi"ga asosan, 2020-yilga qadar 132 ta investitsion loyiha amalga oshirish rejalashtirilgan. Ulardan 50 % xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan moliyalashtiriladi. Loyihalarning umumiy qiymati 2,2 mlrd dollarni tashkil etadi.

Ushbu dasturga asosan 112 ta zamonaviy yuqori unumli ishlab chiqarish korxonalari tashkil etiladi. Bu o‘z navbatida mamlakat eksport salohiyatini qariyib 2,5 mlrd dollargacha ko‘paytiradi va 25 mingdan ortiq ish o‘rinlar yaratishi kerak. 

Yig‘ilishda mahalliy ishlab chiqaruvchilar rivojlanishi uchun xalqaro ko‘rgazmalar va milliy yarmarkalarda faol ishtirok etishi zarurligi qayd etildi. Masalan, 2016-yilda 21 ta ko‘rgazmada qatnashish tufayli bir milliard dollardan ortiq shartnomalar imzolandi. Shu yili o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchi korxonalar 26 ta xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, korxonalar O‘zbekistonda ham har yili o‘tkaziladigan ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston matolari - Sputnik O‘zbekiston
To‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish uchun maxsus kompaniya tuzildi

Yig‘ilish qatnashchilar tomonidan bildirilgan fikrlarga ko‘ra, to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berilayotgan jo‘g‘rofiyasi yildan yilga kengaymoqda. Masalan, 2016-yilda "O‘zbekengilsanoat" AJ korxonalari tomonidan 60 ta davlatga qariyb 1,1 mlrd dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.

Bugunga qadar "O‘zbekengilsanoat" tarkibiga kiruvchi 460 ta korxonalar tomonidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar qiymati 2,5 mlrd dollarlik tashkil etdi. Xorijiy investitsiya ishtirokda 200 dan ortiq korxonalar tashkil etildi. "O‘zbekengilsanoat" AJning xorijda tashkil etilgan 49 ta savdo uylari eksport o‘sishiga ko‘maklashmoqda. Hozirgi kunda ularni rejali asosda ko‘paytirish rejalashtirilgan.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilarga "Bolajonlar-shirintoylar" bolalar modasi festivali o‘tkazilishi haqida yana bir bor eslatma berildi. Ushbu festivalda 2,5 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan 200 ga yaqin yosh moddellar tomonidan 42 ta liboslar to‘plamlari namoyish etiladi.
Festival 29-maydan 1-iyungacha Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida o‘tkaziladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0