To‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish uchun maxsus kompaniya tuzildi

© Sputnik / Sergey GuneyevO‘zbekiston matolari
O‘zbekiston matolari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘ztekstileksport" - O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini chet mamlakatlarga eksport qilish uchun, ularni reklama qilish va ko‘rgazmalarda ishtirok etish bilan shug‘ullanadi.

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekistonprezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan qarorga ko‘ra, Respublikada "O‘ztekstileksport" — ixtisoslashgan tashqi savdo tashkiloti paydo bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ushbu kompaniya "O‘zbekengilsanoat" tarkibiga kirgan bo‘lib, marketing, axborot va konsalting xizmatlari ko‘rsatadi. Shuningdek, u respublika yengil sanoati mahsulotlarini xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish qilish va bosma nashrlarda reklama qilish bilan shug‘ullanadi.

Yangi korxona O‘zbekiston yengil sanoati korxonalariga ularning mahsulotlarini eksport qilish, chet mamlakatlardagi xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik shartnomalari imzolash yoki chet ellarda tashkil qilinayotgan O‘zbekiston savdo uylari orqali yetkizib berish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, yangi kompaniya O‘zbekiston korxonalariga kerak bo‘lgan yuqori texnologiyali uskunalar, ehtiyot qismlari, xom ashyo, aksussuar va furnitura yetkizib berishni ham o‘z zimmasiga olgan.

Yangiliklar lentasi
0