Yong‘in xavfsizligi haqida prezident qarori qabul qilindi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishMChS. Arxivnoe foto.
MChS. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aholi hayoti va sog‘lig‘i, davlat, jismoniy va yuridik shaxslar mulkining ishonchli saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash eng ustuvor vazifa hisoblanadi.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti "Ichki ishlar organlarining yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Toshkentdagi yong‘in - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi biznes markaz binosida yong‘in ro‘y berdi

Ushbu qaror yong‘in xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish va sohada mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Shuningdek, yangi qonunda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish ham nazarda tutilgan.

Belgilangan maqsadlarga erishish uchun, yangi qonunda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari,  fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga ularga qarashli obyektlar va hududlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklatildi. Ushbu mansabdor shaxslar har chorakda yong‘inga qarshi holatni tanqidiy tahlil qilishadi. Qarorda haftaning har chorshanba kuni "Yong‘inlar profilaktikasi kuni" deb belgilandi.

O‘t o‘chiruvchi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV Toshkentda yuz bergan ikki yong‘in sabablarini o‘rganmoqda

Markaziy va viloyat telekanallarida yong‘inlar bilan bog‘liq hodisalarni yoritish bo‘yicha maxsus axborot ko‘rsatuvlar va tezkor reportajlar tayyorlab efirga uzatiladi.

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati yong‘in texnikasi parki va maxsus jihozlarini uzluksiz yangilash maqsadida har yili 38 ta asosiy yong‘inni o‘chirish avtomobili, strelasining uzunligi 35 metrgacha bo‘lgan 6 ta yong‘in avtonarvoni, 1000 ta yong‘inni o‘chirish yenglari komplekti, nafas olish a’zolarini himoya qiladigan 300 ta apparat va boshqa yong‘in-texnika mulkini xarid qilish rejalashtirilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0