TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, yong‘in chiqqani haqidagi xabar soat 17:30da kelib tushgan. Hududga 4ta asosiy yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yo‘llangan va soat 17:54da olov butunlay o‘chirilgan, deb xabar qilgan kun.uz.
Yong‘in oqibatida binoning 8-qavatida joylashgan "Montaj qurilish xizmat" MChJga qarashli, Silver Water Gold Fish MChJ tomonidan ijaraga olingan ofis xonasi, ichidagi jihozlari 20 kv.m maydonda hamda binoning 9-qavatida Navei MJCh tomonidan ijaraga olingan xona derazasi romi zararlangan.
Yong‘inni o‘chirish vaqtida binodagi 18 nafar ishchi-xizmatchilar xavfsiz joyga olib chiqilib, ularning tan jarohati olishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Ayni vaqtda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.