O‘zbekiston IIV Toshkentda yuz bergan ikki yong‘in sabablarini o‘rganmoqda

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishO‘t o‘chiruvchi
O‘t o‘chiruvchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida hafta davomida ikki yirik yong‘in sodir etilgan: 7-fevral kuni "Manas" restorani yonib kulga aylangan bo‘lsa, kuni kecha qurilish mollari bozoriga o‘t tushgan edi

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. O‘zbekiston IIV Toshkentda yuz bergan ikki yong‘in yuzasidan axborot berdi.

Pojar na stroitelnom rinke, Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda qurilish mollari bozori yonmoqda
"2017 yilning 7-fevral kuni Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanida joylashgan «Mangit-Art» MChJga qarashli "Manas» kafe-restoranida yong‘in sodir bo‘lib, 380 kv. metr maydonda o‘tov qilib qurilgan ayvon va jihozlari yongan. Yong‘in qo‘shni binoga tarqalishidan "Parizod" MChJga qarashli binoning 370 kv. metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.

2017 yilning 8-fevral kuni Toshkent shahar, Olmazor tumanida joylashgan «Usta shirin savdo» MChJga qarashli 6, 7 va 8-sonli savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lib, jami 100 kv. metr maydonda qurilish mahsulotlari, jihozlari hamda tom va shift qismlari yonib zararlangan.

Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi aniqlanmoqda", — deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0