Barcha un va non mahsulotlariga boyituvchi vitaminlar qo‘shiladi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishBo‘lka non pishirish
Bo‘lka non pishirish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda “O‘zdonmahsulot” kompaniyasi tomonidan non mahsulotlari 96 % faqat mineral-vitamin aralashmalari bilan boyitilgan undan tayyorlanmoqda. Birinchi navli un to‘liq hajmda mineral-vitamin aralashmalari bilan boyitilgan holda ishlab chiqariladi

TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekistonda kelgusida non mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasida bir qator texnik talablar tadbiq etiladi. Ushbu talablar aholini sifatli non va non mahsulotlari, makaron va yorma mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratiladi, deb xabar berdi Don mahsulotlari ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktori, texnika fanlari doktori Dilorom G‘afurova.

Rabota ZAO Xlebkombinat Inskoy v Novosibirske - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek ixtirochilari diabetik non mahsuloti tayyorlash usulini ishlab chiqdilar

G‘afurovaning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda tarmoqda investitsion loyihalari bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. So‘ngi yetti yilda ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish maqsadida 233 ta sarmoyaviy loyiha amalga oshirildi.

"Asosiy e’tibor ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilmoqda. Masalan, "O‘zdonmahsulot" kompaniyasida Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita faoliyat ko‘rsatmoqda. Qo‘mita tomonidan 2016-yilda jahon standartlari asosida 30 ta normativ hujjat ishlab chiqarilgan. 2017-yilda yana turli mahsulotlar bo‘yicha 17 ta hujjat tayyorlanadi," — dedi Dilorom G‘afurova.

Texnik reglamentlarni ishlab chiqish bo‘yicha ekspert kengash faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda kengash tomonidan 3 ta yirik hujjat tayyorlandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Don xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilingan bo‘lib, u 2016 yil oktabr oyidan kuchga kiradi. Un, yorma mahsulotlari, non hamda makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish xavfsizligi bo‘yicha maxsus texnik reglamentlar bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Tuz savdosi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda non mahsulotlaridagi tuz meyori tartibga solinadi

"Ushbu reglamentlari xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilib, non mahsulotlarini ishlab chiqarish sifatiga ijobiy ta’sir qiladi.

Shu bilan birga, tarmoqda halqaro sifat menejmenti standartlarini tatbiq etish bo‘yicha samarali ish olib borilmoqda. Xususan 44 ta faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalardan 34 tasida ISO 9001 sifat menejmenti tizimi to‘liq joriy etilgan. 2019-yilgacha barcha korxonalarda to‘liq ushbu standartlar tatbiq etiladi",- deb ta’kidladi Dilorom G‘afurova.

Un va non mahsulotlari sifatini yaxshilash, inson uchun foydali qo‘shimcha mikroelementlar bilan boyitish doimiy e’tiborda. Xususan, aholi salomatligini ta’minlash, bolalar va ayollarda temir moddasi tanqisligi hamda anemiyaning oldini olish maqsadida tizimdagi korxonalarning tegirmonlarida ishlab chiqarilayotgan birinchi navli un to‘liq mineral-vitamin aralashmalari bilan boyitilmoqda.

Jumladan, 1 tonnaga unga 120 gr vitamin-mineral aralamalar qo‘shiladi. Aralashmaning tarkibiga turli mikroelementlar va 4 xildagi vitaminlar qo‘shiladi. Aralashmalarining tarkibi niatsin, riboflavin, tiamin, foliy kislotasi hamda temir, rux mikroelementlardan tarkib topgan. Bu bug‘doyni qayta ishlash davomida yo‘qotilgan vitaminlarni to‘ldirishga yordam beradi", — deb qo‘shimcha qildi Dilorom Gafurova.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0