Jamiyat

Oʻzbekistonda non mahsulotlaridagi tuz meʼyori tartibga solinadi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka oʻtishTuz savdosi
Tuz savdosi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bugungi kunda respublikada eng koʻp oʻlim birinchi navbatda yurak-qon tomir kasalliklari oqibatida yuz bermoqda. Olim va ekspertlar buning sabablarini qidirishda davom etishmoqda, xususan oʻzbekistonliklar isteʼmol qilayotgan tuz miqdorini oʻrganishmoqda

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor non mahsulotlari tarkibidagi tuz miqdori meʼyori standartlarini kiritishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi sogʻliqni saqlash vazirligidagi manba Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga.

Bugungi kunda respublikada eng koʻp oʻlim birinchi navbatda yurak-qon tomir kasalliklari oqibatida yuz bermoqda. Olim va ekspertlar buning sabablarini qidirishda davom etishmoqda, xususan oʻzbekistonliklar isteʼmol qilayotgan tuz miqdorini oʻrganishmoqda.

"Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, tuzni oʻta koʻp isteʼmol qilish respublikada yurak-qon tomir kasalliklari oʻsishiga olib keladi, chunki koʻp miqdordagi tuz sababli buyraklar funktsiyasi buziladi, gipertoniya kasalligi, insult va infarktlar kelib chiqadi. Mamlakatimizda JST belgilagan 5 gramm kunlik tuz isteʼmoli oʻrniga uch baravar koʻp miqdorda tuz isteʼmol qilinadi. 18 yoshdan 64 yoshgacha boʻlgan oʻrtacha oʻzbekistonlik bir kunda deyarli 15 gramm tuz isteʼmol qiladi", — dedi manba.

katta qozonda ovqat pishirish - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston aholisining 99% - juda koʻp tuz isteʼmol qilar ekan

2014 yilda sogʻliqni saqlash vazirligi oʻtkazgan soʻrovda 37% oʻzbekistonliklar meʼyoridan ortiqcha tuz isteʼmol qilishlarini aytishgan. Shundan soʻng 2015-2016 yillarda bu yoʻnalishda keng miqyosda tadqiqot oʻtkazish haqida qaror qabul qilingandi.

Natijada mutaxassislar Oʻzbekistonning 46,5% aholisi oʻta koʻp (kuniga 15 grammdan ortiq), 53,2%i — oʻrtacha (kuniga 7,5-15 g) va 0,3%i — oz (kuniga 7,5 gdan kam) tuz isteʼmol qilishi maʼlum boʻldi. Katta yoshdagi erkaklarning toʻrtdan uch qismi kuniga 15 grammdan ortiq tuz isteʼmol qiladi. Eng koʻp tuz Qoraqalpogʻiston va Buxoro viloyatida isteʼmol qilinadi.

"Eng yomoni, tuz bu — yashirin tahdid. Tuzni nafaqat ovqatga qoʻshganimizda, balki tayyor mahsulotlar, masalan non yeganimizda ham qabul qilamiz. Nonga qancha tuz qoʻshish borasida hech qanday meʼyor boʻlmagan. masalan, hozirda nondagi qoʻrgʻoshin miqdori qancha ekanligini aniqlanadi, lekin tuz miqdori aniqlanmaydi", — dedi suhbatdosh.

Vaziyatni tartibga solish uchun sogʻliqni saqlash vazirligi oziq-ovqat sanoati mahsulotlari xavfsizligini aniqlash tartibiga kiritiladigan oʻzgartishlarni ishlab chiqdi. Bundan asosiy maqsad, 2025 yilga kelib tuz isteʼmoli miqdorini 30%ga kamaytirishdir. Endi bu jarayonga ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarni keng jalb etish qoldi.

Yangiliklar lentasi
0