"Donmahsulotlari ilmiy ishlab chiqarish markazi" masʼuliyati cheklangan jamiyat xodimlari diabetik non-boʻlka mahsulotini tayyorlash usulini ixtiro qildilar. Bu haqda Oʻzbekiston intellektual mulk agentligi xabar bermoqda.
Mazkur usuldan oziq-ovqat sanoati, chunonchi funktsional foydalanishga moʻljallangan non-boʻlka mahsulotlarini ishlab chiqarish, xususan, diabetik non-boʻlka mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Ushbu ixtironing asosiy vazifasi oziq-ovqat tolalari va funktsional qoʻshimchalar bilan boyitilgan, non sifatining organoleptik va fizik-kimyoviy koʻrsatkichlari yaxshilangan diabetik non-boʻlka mahsulotini ishlab chiqishdan iboratdir.
Ixtiro mualliflariga agentlik tomonidan patent topshirildi.