Toshkent avtobus haydovchilari 800-marta qoidabuzarlik qilgan

© tashtrans.uzObshestvenniy transport v Tashkente
Obshestvenniy transport v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yanvar-aprel oylari davomida Toshkent avtobuschilari ishtiroktida 14 ta YTH sodir bo‘lgan.

TOShKENT, 22-may — Sputnik. 2017 yil 4 oy davomida Toshkent avtobus haydovchilarisodir etgan qoidabuzarliklar soni 2016-yilning shu davriga nisbatan 15 taga kamaygan, deb xabar qilmoqda "Toshshaxartransxizmat".  

Toshkent avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent avtobus haydovchilarini xushmuomalalikka o‘rgatishadi

2017 yilning yanvar — apreld oylarida Toshkent avtobuschilari 781-marta yo‘l harakati qoidalarini buzgan va 14 ta YTH sodir etgan. Buning oqibatida 1 kishi xalok bo‘lgan, 16 kishi turli darajadagi jarohat olgan. 

2016 yilning shu davrida Toshkent avtobus haydovchilari — 16 ta YTH sodir etgan. Oqibatda 1 kishi halok bo‘lgan, 20 kishi jarohatlangan.

2017 yil yanvar-aprel oylari mobaynida 8 ta holatda piyodalar urib yuborilgan, 4 ta holatda avtobus salonida yo‘lovchilar yiqilgan va buning oqibatida og‘ir jarohatlangan, 2 ta holatda avtotransportlar bilan to‘qnashish natijasida sodir bo‘lgan.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
"Toshshahartransxizmat" raisi bir hafta o‘tib lavozimidan bo‘shatildi

Ish tajribasi 5-yilgacha bo‘lgan haydovchilar tomonidan jami qoidabuzarliklardan 6 ta YTH sodir etishgan, 3 ta YTH 6-10 yillik ish tajribasi bo‘lgan haydovchilar tomonidan, 1 ta YTH 11-15 yillik ish tajribasi bo‘lgan haydovchilar, 3 ta YTH 20-30 yillik tajribaga ega bo‘lgan haydovchilar tomonidan sodir etilgan.

"Toshshaxartransxizmat" kompaniyasi har bir yo‘l transport xodisasi bo‘yicha komissiya ishtirokida xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, natijada tegishli choralar ko‘rilgan.

Uz24.uz  xabariga asosan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0