"Toshshahartransxizmat" raisi bir hafta o‘tib lavozimidan bo‘shatildi

© Spuntik / Vladimir FedorenkoPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yilning 12-may kuni "Toshshahartransxizmat" raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Mirhosil Xolmatov lavozimidan bo‘shatildi.

TOShKENT, 21-maya — Sputnik. Xabarda aytilishiga ko‘ra, bunga sabab "xodimlar orasida ish taqsimlash ularning xizmat vazifalariga muvofiqsiz ravishda amalga oshirilgani" va boshqa bir qator sabablar bo‘lgan.

Shuningdek, Xolmatov taklif qilgan, yo‘lovchilar orasida lotoreya o‘tkazish taklifi ham chuqur tahlil qilinmasdan e’lon qilingani va bunda yo‘lovchilarning asosiy talabi bo‘lgan — xizmat ko‘rsatish sifati, madaniyati hamda xavfsizligini oshirish, hisobga olinmaganini qayd etishlgan.

Perviy den raboti s passajirami - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi har bir avtobus ventilyatorlar bilan jihozlanadi

Mirhosil Xolmatov o‘z ish faoliyati davomida Toshkentning har bir avtobusida uchtadan ventilyator o‘rnatishni, haydovchilar o‘rnini esa maxsus, quyoshdan himoya qiluvchi pardalar bilan jihozlashni taklif qilgan edi.

Undan tashqari Xolmatov shahar avtobuslar ish tartibini tong 04:30dan tungi 00:00 ga qadar uzaytirishni ham taklif qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, "Toshshahartransxizmat" bir oylik "proyezdnoy" sotib olganlar orasida lotoreya o‘tkazilayotganini va 500 minginchi chipta sotib olgan kishiga Toshkentdan 2 xonali kvartira, 300 minginchi chipta sotib olgan fuqaroga "Kaptiva" avtomobili sovg‘a qilinishi haqida e’lon qilgan edi. Shuningdek 200 minginchi 150 minginchi avtomobil sotib olganlarga ham avtomobillar berilishi va’da qilingan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0