Toshkent avtobus haydovchilarini xushmuomalalikka o‘rgatishadi

© Sergey KivenkoToshkent avtobusi
Toshkent avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqin uch yil davomida Toshkent shahar yo‘lovchi transportida ishlaydigan haydovchilarning malakasini oshirish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Poytaxt rahbariyati Toshkent yo‘lovchi transportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirishga qaratilgan bir necha tadbirlar amalga oshirishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Toshkent avtobuslari haydovchilarning YHX qoidalarini buzishlari, tezlikni oshirishi, yo‘lovchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lishi haqida Sputnik bir necha bor xabar bergan edi.

YTH oqibatlari - Sputnik O‘zbekiston
Shahar avtobusi katta tezlikda elektr ustuniga borib urildi

Shahar rahbariyati ushbu muammolarni hal qilish maqsadida har yili 220-225 nafar avtobus haydovchilarining malakasini oshirishga qaror qildi. 2019-yil oxiriga qadar 670 nafar haydovchi qayta tayyorgarlikdan o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 1350 ta katta va o‘rta sig‘imli avtobuslar faoliyat ko‘rsatadi.  

Yana bir yangilik, "Toshshahartransxizmat" yaqin orada, elektron to‘lov tizimlari qo‘llanishi evaziga, konduktorlar xizmatidan butunlay voz kechishga qaror qilgan. Yangi tizim 2017-yilning ikkinchi yarmidan ishga tushishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0