Toshkentdagi yo‘l tunnelida "Lacetti" mashinasi yonib ketdi

© Press-slujba MChS RFFVV yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari o‘quv mashqlari
FVV yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari o‘quv mashqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
18 may kuni kechqurun Toshkent shahridagi yo‘l tunnelida "Lacetti" avtomobili yonib ketdi

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Toshkent shahrida 18-may kuni kechqurun Ganga ko‘prigidan tushib, Toshkent sirki ostidan o‘tuvchi va Bunyodkor ko‘chasiga olib chiquvchi yer osti yo‘lida "Lacetti" avtomobili yonib ketgan.

Svetofor - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV: tanishing, qoidalarni pisand qilmaydigan "millioner" haydovchilar
Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Voditeli Tashkenta" jamoatchilik guruhidagi postlardan birida, shuningdek, "Telegram" messenjeridagi turli kanallarda xabar berildi.

Avtomashinaning yonishi sababli yer osti yo‘lida avtomashinalarning ulkan tirbandligi hosil bo‘lgan.

© Facebook / Voditeli TashkentaProbka izza pojara v tonnele
Probka izza pojara v tonnele - Sputnik O‘zbekiston
Probka izza pojara v tonnele

Ijtimoyi tarmoqdagi foydalanuvchilar ushbu xodisa bo‘yicha quyidagi fikrlarni bildirishmoqda:

"Yomon bo‘pti. Gaz masakanmi ishqilib?" — deb yozgan Eldor Ishanov.

"Pojarniy shunga shoshib ketvotgan ekande" — deb izoh qoldirgan Ilxom Kadirov.

"Lacetti 1.8 avtomobili yondi, egasi tirik, yong‘in sababi — mashina kapoti ostidagi elektr simlarida qisqa tutashuv yuz bergan, bu qisqa tutashuv qo‘lbola o‘rnatilgan musiqiy markaz simlaridan bo‘lish mumkin, chunki mashina yukxonasida sambufer ko‘zga tashlanib turibdi. Avtomobil egasi yong‘inni o‘t o‘chirish moslamasi bilan o‘chirishni uddalay olmagach, havoni tozalovchi vosita ham sepib ko‘rdi. Haydovchilar o‘z avtomobilida shunchaki texnik ko‘rik (TO) uchun emas, ishonchli o‘t o‘chirish moslamasi olib yurish kerak" — deb izoh qoldirdi Yodgorbek Bo‘riboyev.

Yong‘in - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent texnoparkidagi yong‘in kislorod balloni portlashi oqibatida bo‘lgan
"Fotoda 50 ta avtomashina, ko‘pchilik maxsus avtomashinalar uchun yo‘lni bo‘shatib berishmagan, o‘z mashinalarni chetga olishmagan? Ko‘pchilik haydovchilar o‘rindiqlaridan turib, mashini tashqarisiga chiqib ketishgan? Hech bir mashina orqaga harakat qilmayapti? GAI qayerga qarayapti? Qanday xavfsizlik haqida gap ketishi mumkin? Kechirasiz, men bunday haydovchilardan haydovchilik guvohnomalarni uch yilga olib qo‘yar edim. Sizlar qutqaruvchilar emas!" — deb qo‘shimcha izoh qoldirdi Aleksandr Ospanov.

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, Toshkent shahar IIBB YHXB va yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlarining hamkorlikdagi tezkor harakatlari tufayli ushbu hodisa zudlik bilan bartaraf etildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0