Toshkent texnoparkidagi yong‘in kislorod balloni portlashi oqibatida bo‘lgan

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishYong‘in
Yong‘in - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
300 kv.metr maydonn egallagan yong‘in, texnopark ijarachilaridan birning texnika xavfsizligiga rioya qilmagani tufayli kelib chiqqan.

TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Yakkasaroy texnoparki hududa kelib chiqqan yong‘in sababi, Nuz.uz sayti xabariga ko‘ra, ikki kislorod va o‘n ikki propan ballonlarining portlashi bo‘lgan.

Nashr xabariga ko‘ra, texnopark ijarachisi bo‘lgan "SM Grand Gigant Stroy" MChJ tomonidan kislorod ballonlardan foydalanilganda maxsus zirhlangan quvur ishlatish o‘rniga oddiy, sug‘orish quvrdan foydalangani bo‘lgan.

"SM Grand Gigant Stroy" MChJ "polizol" nomli laminat ostiga yotqizishga mo‘ljallangan material ishlab chiqaradi.

Yong‘in kecha tun soat 22:00 da boshlangan. Soat 22:55da yong‘inni to‘liq o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. Yong‘in maydoni 300 kv. metrni tashkil qilgan. Jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q.

Yakkasaroy texnoparki 2013-yil dekabrida, sobiq Toshkent tekstil kombinati o‘rnida tashkil qilingan edi. Maydoni 65 gektar bo‘lgan hududda 250 ta kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalari faoliyat yuritmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0