O‘zbekiston IIV: tanishing, qoidalarni pisand qilmaydigan "millioner" haydovchilar

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishSvetofor
Svetofor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent ko‘chalarida videokuzatuv kameralari o‘rnatilganidan buyon qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan haydovchilarning ayrimlari katta miqdorda jarima to‘lashga majbur bo‘lishmoqda. O‘zbekiston IIV esa kameralar "nazariga" tushgan eng ashaddiy qoidabuzarlar reytingini e’lon qilib bormoqda

TOShKENT, 18-may — Sputnik. May oyining boshlarida Toshkent telekanalining "Poytaxt-Vaziyat" dasturida kameralar o‘rnatilganidan buyon eng ko‘p qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi 9 million 435 ming 825 so‘m jarimaga tortilgani xabar qilingan edi. Qoidabuzar 32-marta svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlangan.

Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda eng qoidabuzar haydovchi 9,4 mln so‘m jarimaga tortildi
O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati eng ashaddiy qoidabuzar haydovchilarning yangi reytingini e’lon qildi.

Demak, yo‘l qoidalariga bepisandlik bilan qaraydigan haydovchilar "reyting"da birinchi o‘rinni poytaxtning Chilonzor tumanida joylashgan "Gold Air Travel" MChJga qarashli, davlat raqami 01 216 WDA bo‘lgan "Malibu" haydovchisi egallagan. Haydovchi ko‘p emas, oz emas — jami 17 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgan.

Haydovchi 16-marta harakatlanish tezligi talablariga bo‘ysunmagani va 1 marotaba svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlangani uchun unga solingan jarima miqdori 8 million 87 ming 850 so‘mni tashkil qilgan.

Reytingning ikkinchi pog‘onasini Yunusobod tumanidagi "Bilol Myagkaya krovlya" korxonasiga tegishli, davlat raqami 01 305 YDA bo‘lgan "Lasetti" egalladi. Avtomobil haydovchisi qoidabuzarliklari tufayli 13-marta kuzatuv kameralariga tushgan. Jumladan, manzilga judayam oshiqqan, shekilli, 11-marta tezlikni belgilangan meyordan oshirgan, 2-martasida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunishni "xohlamagan".

Haydovchiga solingan umumiy jarima miqdori esa 2 million 845 ming 725 so‘mni tashkil etgan.

Toshkent shahar hokimligining ma’muriy binolardan foydalanish direksiyasiga tegishli "Epika" rusumli avtoulov haydovchisiga ham sovrinli o‘rin "nasib" etgan. Haydovchi davlat raqami 01 206 TVA bo‘lgan mazkur transport vositasini boshqarayotib, "bor-yo‘g‘i" 12 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgan va shubhasiz videokameralar "nigohi"dan chetda qolmagan. Aytgancha, "Epika" haydovchisi svetoforning taqiqlovchi ishorasini xush ko‘rmaydiyov, aks holda, chorrahalarda 7-marta "qizil"da o‘tmasdi.

Dvijenie transporta v gorode Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Kameradan raqamini yashirgan haydovchilar vaqtincha mashinasiz qolishlari mumkin
Epika haydovchisi qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun 2 million 845 ming 725 so‘m miqdorida jarima to‘laydi.

Olmazor tumanidagi "Orange taxi" MChJga qarashli "Neksiya" (davlat raqami 01 270 TTS) haydovchisi "reyting"ning to‘rtinchi o‘rnini "egalladi". U kuzatuv kameralari ishga tushganidan buyon 11-marta qoidabuzarliklar sodir etgan.

Neksiya sohibiga 2 million 96 ming 850 so‘m jarima solingan.

Va, nihoyat, so‘nggi beshinchi o‘rin "sohibi" bilan tanishing.

Sergeli tumanida joylashgan MChJ "Global Building Machinery" korxonasining "Malibu" (davlat raqami 01 077 VDA) avtomashinasi haydovchisi 9-marta kuzatuv kameralariga tomonidan "suratga olingan". Haydovchi 8-marta belgilangan tezlik talablariga amal qilmagan. Bir holatda esa svetoforning qizil chirog‘ini "ko‘rmay qolgan". Unga 2 million 695 ming 950 so‘mlik jarima solingan.

Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaydigan, eng yomoni qoidalarni pisand qilmaydigan bunday haydovchilarga nima deyish mumkin? Yo‘l qo‘ygan qoidabuzarliklaringiz uchun jarima to‘lasangiz, sizni davlat kechirishi mumkindir, ammo avariyaga sabab bo‘lib, kimningdir umriga zomin bo‘lsangiz-chi? Balki, avtomobilni ehtiyotkorlik bilan boshqarish vaqti kelgandir?..

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0