TOShKENT, 7-may — Sputnik. Unga ko‘ra, eng ko‘p qoidabuzarlik "VAZ 2103" rusumli davlat raqami 10 J 506 FA bo‘lgan avtomobil haydovchisi tomonidan sodir etilgan. U 32-marta svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlangani uchun unga solingan jarima miqdori 9 435 825 so‘mni tashkil etgan.
Ikkinchi o‘rin "Spark" rusumli davlat raqami 01 T 885 TA bo‘lgan avtomobil haydovchisiga tegishli. U 21-marta qoida buzgani uchun unga nisbatan jarimalar miqdori 7 039 425 so‘mni tashkil etadi.
Uchinchi o‘rinda "VAZ 2107" rusumli davlat raqami 01 J278 HA bo‘lgan avtomobil haydovchisi qayd etilgan. U 15-martdan buyon 20-marta chorrahalardagi kameralar e’tiboriga tushgan. Bu haydovchiga 3 145 275 so‘m jarima solinadi.
2017 yilning 15-martidan boshlab Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi 883ta kamera ishga tushgan. Hozirda bu kameralar svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida to‘xtamasdan o‘tib ketish va tezlikni oshirish kabi qoidabuzarliklarni qayd etadi.