Kameradan raqamini yashirgan haydovchilar vaqtincha mashinasiz qolishlari mumkin

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishDvijenie transporta v gorode Tashkente
Dvijenie transporta v gorode Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YHXB xodimi turli usullar bilan davlat raqami yashirilgan avtomobilni vaqtinchalik jarima maydoniga olib kirish huquqiga ega

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Poytaxt chorrahalarida ishlayotgan kameralardan avtomashinasi raqamini yashirish uchun turli hiylalardan foydalangan haydovchilar vaqtincha mashinasiz qolishlari mumkin, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.

Kamera slejeniya - Sputnik O‘zbekiston
Haydovchilarga jarima haqida ma’lumot beruvchi sayt aprel oxirigacha ishga tushadi

IIBBning ma’lumot berishicha, davlat raqam belgilarini to‘liq ko‘rishga to‘sqinlik qiluvchi turli jism va qoplamalardan foydalanish qoidabuzarlik ekanligi O‘zbekiston ma’muriy javobgarlik haqidagi Kodeksining 127-moddasida ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, bunday qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchilar eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslar esa uch baravardan besh baravargacha miqdorda jarima to‘laydilar.

Bunda YHXB xodimi turli usullar bilan davlat raqami yashirilgan avtomobilni vaqtinchalik jarima maydoniga olib kirish huquqiga ega.

Yangiliklar lentasi
0