Arxitektor Yan Geyl: Toshkent ko‘chalarini piyodalarga qaytarish zarur

© Sputnik / Aleksandr Kojoxin / Mediabankka o‘tishDaniyalik arxitektor Yan Geyl
Daniyalik arxitektor Yan Geyl - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Infratuzilmasi tobora rivojlanib borayotgan shaharlar ko‘cha va maydonlarini piyodalarga qaytarish zarur, deb ta’kidladi Toshkentda o‘tkazilgan seminar-trening davomida daniyalik arxitektor Yan Geyl.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Zamonaviy jahon arxitekturasi odamlarning qulay yashashi va harakatlanishiga moslashtirilgan bo‘lishi lozim, deb ta’kidladi daniyalik taniqli xalqaro me’mor, "Gehl Architects" kompaniyasi asoschisi Yan Geyl "Zamonaviy jahon arxitekturasi" mavzuyida Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida o‘tkazilgan seminar-trening davomida.

Yan Geyl, daniyalik arxitektor - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent chiroyiga chiroy qo‘shiladi: O‘zbekistonga daniyalik mashhur arxitektor Yan Geyl keldi
Yan Geylning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy jahon arxitekturasi odamlarning qulay yashashi va harakatlanishiga moslashtirilgan bo‘lishi lozim. Yashil maydonlarni ko‘paytirish, velosiped yo‘laklari tarmog‘ini va piyodalar zonasini rivojlantirish bu borada eng keng tarqalgan va samarali usullardandir. Infratuzilmasi tobora rivojlanib borayotgan shaharlar ko‘cha va maydonlarini piyodalarga qaytarish zarur, boshqacha aytganda, avtomobillarning to‘xtab turish joylari, ularning tirbandligi aholi hayoti uchun noqulayliklar tug‘dirmasligi lozim.

"Toshkent yam-yashil xiyobonu maydonlarga, bog‘-rog‘larga boy shahar ekanini alohida ta’kidlashni istardim, — dedi Yan Geyl. — Bu aholi uchun yanada qulay va sifatli turmush sharoitini yaratishga xizmat qiladigan omillardan. Shaharlarning aholi uchun qulay tarzda barpo etilishi mamlakatga kelayotgan sayyohlar oqimini ko‘paytirishga ham xizmat qiladi. Zero, har qanday odam turmush tarzida, ko‘chalarda harakatlanishi jarayonida qulaylikka intiladi".

Tadbir davomida Yan Geyl shaharlar arxitekturasini rivojlantirishda inobatga olinishi va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan islohotlar yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Yan Geyl rahbarligidagi delegatsiya Toshkent metropoliteni, "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasi, Hazrati Imom (Hastimom) majmui, Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘ldi.

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishGoroda Mira. Tashkent
Goroda Mira. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Goroda Mira. Tashkent

Toshkent shahar hokimligi tomonidan 17-may kuni o‘tkazilgan tadbirda poytaxtdagi loyihalash va qurilish ishlariga mas’ul mutaxassislar, me’morlar, sohaga oid oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Tuytepa shahri - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyati ma’muriyati To‘ytepaga ko‘chiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Tojiyev va boshqalar O‘zbekistonda shahar va qishloqlarning zamonaviy me’morlik qiyofasini shakllantirish, yo‘l-transport infratuzilmasini rekonstruksiya qilish hamda yangilash, ko‘chalarda piyodalar harakati va transport vositalari qatnovini zamon talablaridan kelib chiqqan holda tashkil qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0