Toshkent viloyati ma’muriyati To‘ytepaga ko‘chiriladi

© podrobno.uzTuytepa shahri
Tuytepa shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘rta-Chirchiq tumani ma’muriy markazi bo‘lgan To‘ytepa Toshkentdan 25 km janubda Toshkent - Qo‘qon yo‘nalishida joylashgan.

TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Toshkent viloyati ma’muriyati Toshkent shahridan To‘ytepa shahriga ko‘chiraladi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz nashri.  

Viloyat ma’muriyati yaqin orada To‘ytepa shahriga ko‘chirilishi haqida ilk bor O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan Toshkent viloyati Xalq deputatlari kengashida so‘zlagan edi.

"Ikki-uch yildan keyin To‘ytepa butunlay o‘zgarib ketadi: bu yerda yangi uylar paydo bo‘ladi. Toshkentdan bu shahargacha tezurar avtomagistral quriladi", — degan edi davlat rahbari.

O‘rtachirchiq tumani ma’muriy markazi bo‘lgan To‘ytepa Toshkentdan 25 km janubda Toshkent — Qo‘qon yo‘nalishida joylashgan. To‘ytepa 1973-yilda shahar maqomiga ega bo‘lganedi. Hozir bu yerda 29 ming kishi yashaydi.

Yangiliklar lentasi
0