Toshkent chiroyiga chiroy qo‘shiladi: O‘zbekistonga daniyalik mashhur arxitektor Yan Geyl keldi

CC BY 2.0 / gene driskell / Jan GehlYan Geyl, daniyalik arxitektor
Yan Geyl, daniyalik arxitektor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yan Geyl Toshkent shahri me’morchiligini ko‘zdan kechirishi va o‘zining qimmatli maslahatlari bilan o‘rtoqlashishi, Simpoziumlar saroyida "Zamonaviy jahon me’morchiligi" mavzusida seminar-trening o‘tkazishi belgilangan

TOShKENT, 16-may — Sputnik. Mashhur daniyalik arxitektor Toshkentga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Toshkent hokimligi matbuot-xizmati.

Tuytepa shahri - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyati ma’muriyati To‘ytepaga ko‘chiriladi
"O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturga ko‘ra, bugun mamlakatimizga xalqaro arxitektor Yan Geyl tashrif buyurdi", — deyiladi xabarda. 

Dasturga ko‘ra, shahar jamoat maydonlarini loyihalashtirish va shahardagi muhitni yaxshilash masalalari bo‘yicha tan olingan ekspert Yan Geyl Toshkent shahri me’morchiligini ko‘zdan kechirishi va o‘zining qimmatli maslahatlari bilan o‘rtoqlashishi, Simpoziumlar saroyida "Zamonaviy jahon me’morchiligi" mavzusida seminar-trening o‘tkazishi belgilangan.

Arxitektor shuningdek, Samarqandga tashrif buyurib, shahardagi diqqatga sazovor joylar bilan tanishadi.

Yan Geylning 50-yillik tadqiqotlari natijasida mavjud shahar va hududlarda maftunkor, gavjum va aholi uchun sog‘lom jamoat hududini yaratish imkoniyati yuzaga kelgan. Professor Nyu York, Kopengagen, Sidney, London, Melburn kabi yirik shaharlarning obodonchiligiga ko‘cha va jamoat joylarini loyihalashga qo‘shgan hissasi uchun ko‘plab mukofotlar sohibi bo‘lgan.

Toshkent viloyati hokimligi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimiyatini To‘ytepaga ko‘chirib, shaharni yangidan qurmoqchi
1971 yilda Yan Geylning "Binolar orasidagi hayot" nomli kitobi chop etilgan. Geyl shaharning shakl-shamoyilini yaxshilashga oqilona va sodda yondashuv: shahar shahar maydonlarini tizimli hujjatlashtirish, bosqichma-bosqich yaxshilash va yana hujjatlashtirish tarafdoridir. U o‘zining "Jamoat joylari. Jamoat hayoti" kitobida Kopengagen 40-yil ichida avtoulov shahridan piyodalar shahriga aylanganini bayon qilgan. Kopengagendagi Stroget piyodalar ko‘chasi Geylning mehnati natijasi bo‘lib,  Yevropadagi eng uzun savdo piyoda zonasi hisoblanadi.

2007 yilda Nyu Yorkning Transport departamenti Yan Geyl bilan hamkorlikda piyodalar va velosipedistlar uchun qulayliklar yaratish borasida faoliyat olib borgan.

Geyl Nyu York, London va Moskva shaharlarida jamoat joylarini aholi uchun qulaylashtirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini ishlab chiqqan.

2015 yilda Yan Geylni shahar ma’muriyati Olmaota shahrining qiyofasini tubdan o‘zgartirish uchun taklif qilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0