O‘zbekiston "Gazprom"ga geologik qidiruv bo‘yicha 5ta loyiha taklif qildi

© REUTERS / MAXIM ZMEYEVGazprom
Gazprom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Gazprom" bilan 2018-yildan boshlab 4 mlrd kub metr tabiiy gaz xarid qilish bo‘yicha 5-yillik shartnoma imzolandi

TOShKENT, 18-may — Sputnik. "Gazprom" va "O‘zbekneftegaz" o‘rtasida 5 ta yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan, deb ma’lum qildi "O‘zbekneftegaz" Milliy xolding kompaniyasi xodimi.

Gazprom. - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev-Miller uchrashuvi: "Gazprom" 5-yil davomida O‘zbekiston gazini xarid qiladi
Qayd etilishicha, "Gazprom" kompaniyasiga O‘zbekiston hududidagi 5 ta investitsion bloklarni o‘rganish taklifi kiritilgan. Bu "O‘zbekneftegaz" bilan hamkorlikda geologik qidiruv o‘tkazish bo‘yicha kelishuv doirasida amalga oshiriladi", — deb ta’kidlagan suhbatdosh Toshkentda ochilgan Global Oil&Gas Uzbekistan-2017 xalqaro ko‘rgazmasi davomida.

Suhbatdosh fikriga ko‘ra, dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra joriy yilning ikkinchi yarmida tomonlar hamkorlikda geologik-qidiruv ishlarini o‘tkazish dasturini tayyorlashga kirishadilar.

2017 yil aprel oyi boshida "Gazprom" va "O‘zbekneftegaz" o‘rtasida injiniring-innovatsiya ishlarini tashkil etish va hamkorlikda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolangan. Bundan tashqari, 2018-yildan boshlab 4 mlrd kub metr tabiiy gaz xarid qilish bo‘yicha "Gazprom" bilan 5-yillik shartnoma imzolangan.

2002 yilda "O‘zbekneftegaz" Milliy xolding kompaniyasi bilan "Gazprom" OAJ o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan.

Gazprom - Sputnik O‘zbekiston
"Gazprom" va "O‘zbekneftegaz" Surxondaryoda gazni qayta ishlaydigan zavod quradi
2004 yildan boshlab "Gazprom" mahsulot taqsimotiga oid bitimga asosan Shaxpaxta blokida gaz qazib chiqarishni qaytadan boshlashda ishtirok etmoqda.

2006 yilda Usturt mintaqasining investitsiya bloklari yer osti boyliklarini geologik o‘rganishning asosiy prinsiplari to‘g‘risida bitim imzolangan. Ushbu loyiha operatori deb Gazprom International belgilangan. Ushbu geologiya-qidiruv ishlarini bosqichma-bosqich olib borish uchun "Gazprom" kompaniyasi 2006-2013 yillar davomida qariyb 383,3 mln dollardan ortiq mablag‘ sarflangan.

2009 yilda Shaxpaxta investitsion blokida gaz kondensatini o‘zlashtirish bo‘yicha Jel koni ochilgan edi. Hozirgi kunda "Gazprom" korxonasi tomonidan mahsulot taqsimotiga oid yangi bitim tayyorlash bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0