"Gazprom" va "O‘zbekneftegaz" Surxondaryoda gazni qayta ishlaydigan zavod quradi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tish"Gazprom"
Gazprom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Gazprom" sho‘’basi va "O‘zbekneftegaz" Surxondaryo viloyatida yangi gaz konini o‘zlashtiradi, kelgusida esa gazni qayta ishlash zavodini qurish rejalashtirilgan

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Gas Project Development Central Asia (GPD, "Gazprom" sho‘’basi) va "O‘zbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi aprel boshida Surxondaryo viloyatida gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha mahsulotni taqsimlash haqida bitim imzolashni rejalashtirmoqda, deb ma’lum qildi xolding boshqaruvi raisi Alisher Sultonov.

"Hujjat tayyorlanmoqda. Biz prezidentning aprelda Rossiyaga amalga oshiradigan tashrifi davomida MTBni imzolashni rejalashtirmoqdamiz", — dedi Sultonov Toshkentda bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra.

Komissiya hujjatlariga asosan, GPD va "O‘zbekneftegaz" mart oxiriga qadar "Mustaqillikning 25-yilligi" konida razvedka va o‘zlashtirish ishlarini olib borish hamda Surxondaryoda gaz-kimyo kompleksini qurish bo‘yicha "O‘zbekiston mustaqilligi" investitsion blokiga doir MTBni tayyorlaydi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Suyultirilgan gaz ishlab chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi modernizatsiya qilinadi

"Gaz koni geologik va gaz tarkibi jihatidan juda murakkab, lekin shunga qaramasdan, investorlar u yerda gazni qayta ishlash zavodini qurish va keyinchalik daromadga kiritish sharti bilan kelishmoqda", — dedi Sultonov.

"O‘zbekneftegaz" rahbari tomonlar shuningdek, Usturt platosidagi Jel gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha yana bir MTBni tayyorlash ishlarini davom ettirishayotganini ma’lum qildi.

"Jel bo‘yicha texnik vazifa tayyorlamoqdamiz va "Gazprom" bilan hamkorlikda MTB tayyorlash ko‘rib chiqilmoqda. Bu ishlar parallel ravishda olib boriladi", — dedi Sultonov.

Mazkur investitsiya bloki bo‘yicha hujjatlar imzolanadigan bo‘lsa, bu "Gazprom"ning O‘zbekistonda amalga oshirayotgan ikkinchi MTBi bo‘ladi. 2004-yil avgustda "Gazprom" loyiha Usturt platosidagi loyiha quvvati 500 million kub metrga teng Shohpaxta koni bo‘yicha 15-yil muddatga mahsulotni taqsimlash haqidagi bitimni imzolagan edi. 2009-yilda Shohpaxta blokida olib borilgan geologik razvedka ishlari natijasida Jel gaz kondensat koni ochilgandi.

Yangiliklar lentasi
0