Mirziyoyev-Miller uchrashuvi: "Gazprom" 5-yil davomida O‘zbekiston gazini xarid qiladi

© REUTERS / MAXIM ZMEYEVGazprom.
Gazprom. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev "Gazprom" kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekistonda neft-gaz sohasini rivojlantirish, jumladan, 2017-2021 yillarda uglevodorod qazib olishni ko‘paytirish dasturi doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan loyihalar ko‘rib chiqildi

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi besh yil davomida O‘zbekiston gazini xarid qiladi, deb aytdi chorshanba kuni kompaniya rahbari Aleksey Miller "O‘zbekiston" telekanalida bergan intervyusi davomida.

Bugungi kunda dunyodagi yetakchi energetika kompaniyalaridan biri bo‘lgan "Gazprom" O‘zbekistonda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, tabiiy gazni eksportga yetkazib berishda faol ishtirok etmoqda.

Rossiyaning ushbu kompaniyasi bilan hamkorlikda Usturtda o‘tkazilgan keng ko‘lamli geologiya-qidiruv tadqiqotlari natijasida "Jel" gaz kondensati koni ochildi. "Shaxpaxti" koni birgalikda o‘zlashtirilmoqda. Hozirgacha u yerdan 3,5 milliard kub metr gaz qazib olingan.

Gazprom - Sputnik O‘zbekiston
"Gazprom" va "O‘zbekneftegaz" Surxondaryoda gazni qayta ishlaydigan zavod quradi
Bundan tashqari "Gazprom" Hisor hududida konlarni o‘rganish va o‘zlashtirish, qo‘shimcha neft gazlarini utilizatsiya qilish, shuningdek, mamlakatimizning tarmoqdagi yetakchi loyiha instituti bo‘lgan "O‘zLITIneftgaz" faoliyatini rivojlantirishga doir loyihalarni amalga oshirishda ham ishtirok etmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekistonda neft-gaz sohasini rivojlantirish, jumladan, 2017-2021 yillarda uglevodorod qazib olishni ko‘paytirish dasturi doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqildi.

Mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yangiliklar lentasi
0